MTMning yangi binosi

200 nafar bolaga munosib sovg‘a bo‘ldi

Bola kulsa – dunyo kuladi. Darhaqiqat, beg‘ubor qalb egalarining yayrab kamolga yetishlari uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar bisyor.

Ayni kunlarda Xorazm viloyati Urganch shahridagi 30-maktabgacha ta’lim muassasasida 10 ta guruh mavjud bo‘lib, unda 200 nafar bolajon tarbiyalanmoqda.

Natalya Zinovyeva, Marhamat Xudoyberganova, Nadejda Abdullayeva, Anaposhsha Yakubova singari shirinso‘z tarbiyachilarning sa’y-harakatlari bois muassasa tarbiyalanuvchilari ham sportda, ham san’atda ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritishgan. Maskanda faoliyat yuritayotgan turli to‘garaklar bolajonlar bilan gavjum. Eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqilligimizning 23 yilligi arafasida esa muassasa binosi to‘liq ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy qiyofa kasb etdi.

– Maktabgacha ta’lim muassasasi to‘liq ta’mirdan chiqarilib zamonaviy ko‘rinishda qad rostlagani bolajonlarimiz uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi. Zamonaviy jihozlarga ega xonalarda turli mashg‘ulotlarni bajarayotgan tarbiyalanuvchilarning quvonchi cheksiz. Axir, keng imkoniyatlar tufayligina yuksak yutuqlarga erishiladi, – deydi muassasa rahbari Iqbol Qutlimuratova.

Ayni vaqtda ertamiz egalari – bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar har qancha maqtovga loyiq. Bir so‘z bilan aytganda, istiqlol bergan aziz ne’matlar tufayli yurt obod, el shodon, bolalar e’zozda.

Shavkat XO‘JAQULOV,

Xorazm viloyati

Yana o‘qing:  O‘rigimdan qo‘ymasin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: