Men vatan farzandiman!

Ko‘p eslayman, taqdirning ayovsiz zarbasi bilan bolaligimdan ota-ona mehriga tashna bo‘lib o‘sdim. Ko‘pchilik tengdoshlarim singari oila, degan muqaddas tushunchaning ta’mini totish baxti nasib qilmadi. Ammo, davlatimiz, hukumatimizning g‘amxo‘rligi, bolajonligi samarasi o‘laroq, dastlab Farg‘ona shahridagi Bolalar uyida, so‘ngra Marg‘ilon shahridagi 1-son Mehribonlik uyida yashadim, tahsil oldim.

U yerda men va men kabi mehrga tashna bolalar hamisha Yurtboshimiz e’tiborida bo‘ldi. Ta’limning keyingi bosqichini maishiy xizmat va pedagogika kollejida davom ettirdim. Muxtasar qilib aytganda, biz Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ulkan g‘amxo‘rligidan mamnun tarzda ulg‘aydik. Ilm-fanning yuqori cho‘qqilarini zabt etdik. Bir so‘z bilan aytganda davlatimiz biz yoshlar, xususan, ota-ona mehriga muhtoj bolalar uchun barcha qulayliklarni yaratib berdi.

Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan izchil islohotlar ana shu ulug‘ inson boshlab bergan ezgu yo‘lning davomi bo‘lmoqda. Yangi yilga “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” deya nom berilishi ham yuqoridagi fikrlarning yorqin tasdig‘i bo‘la oladi.

Kollejni tamomlab, xujjatlarimni O‘zMUning jurnalistika fakultetiga topshirdim. Hukumatimizning men kabi ijtimoiy himoyaga muhtoj, xususan, ota-onasiz o‘sgan bolalarga qaratayotgan yuksak e’tibori natijasi o‘laroq, menga ushbu ta’lim dargohida o‘qish uchun imkoniyat yaratib berildi.

Men bugun mamlakatimizning eng nufuzli oliy ta’lim muassasasi talabasiman. Bu esa marralar karvonining endigina boshlanishi deb bilaman. Komil ishonch bilan shuni aytishim mumkinki, har bir erishgan yutuqlarim zamirida hukumatimizning cheksiz g‘amxo‘rligi yotadi.

Kelajakda bildirilayotgan ishonchni oqlab, go‘zal O‘zbekistonimiz kelajagi uchun munosib xizmat qilishga harakat qilaman.

 

Muhammadjon AHMADJONOV,

O‘zMU talabasi

Яна ўқинг:  Қишлоқнинг гавҳар дояси

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: