DARD CHEKDI, ShIFO TOPDI

bugun Xurshida baxtiyor oila bekasi

Xurshida tug‘ilganida butun oila a’zolari, do‘stu yorlar quvonchga, xonadon nurga to‘ldi. Shu sababdan qizaloqqa umrimizni nurga to‘ldirsin, o‘zining ham hayoti nurli bo‘lsin, degan ma’noda Xurshida deya ism qo‘yishdi. Yoshi ulug‘lar unga uzoq umr, baxt-saodat va sog‘liq tilab duo qilishdi. Hamma xursand, hamma shod edi o‘shanda. Ammo, qizaloqning ulg‘ayish jarayonida salomatligi bilan bog‘liq muammolar chiqa boshladi. Uning yurak nuqsoni bilan tug‘ilgani ma’lum bo‘lganda esa ana shu quvonchga bir oz parda tortilgandek bo‘ldi. Qizaloq murg‘akkina vujudida shunday dard borligi ota-onasining oromini o‘g‘irladi.

So‘rab-surishtirib Xurshidaning yaqinlari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Navoiy viloyati filialiga murojaat etdi.

Fondning bolalarni chet el klinikalarida sog‘lomlashtirish loyihasi asosida Xurshida ham Janubiy Koreyada davolanishga ketdi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng qaytib kelgan Xurshidaning ko‘zlari quvonchdan porlardi. Unda o‘ziga bo‘lgan ishonch, hayotga bo‘lgan muhabbat va yurtidan minnatdorlik tuyg‘usi ko‘zlarida chaqnab turardi. Duoning kuchi va yashash uchun kurashning kuchliligi sababli Koreyada amalga oshirilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqqiyatli o‘tib, Xurshida sog‘-salomat yurtimizga qaytib keldi. Endi u ham barcha tengdoshlari singari o‘zi xohlagan ish bilan shug‘ullanishi, orzulari sari dadil qadam tashlashi mumkin. Shunday ham bo‘ldi. Xurshida asta-sekin o‘z orzulariga yeta boshladi. Tez orada unga sovchilar keldi. Guldek xonadonning keliniga aylanish orzusi ham ro‘yobga chiqdi. Xurshidani kelinlik libosida ko‘rgan onasi quvonch ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi. Ona uchun farzandining baxtini ko‘rishdan ortiqroq saodat bo‘lmasa kerak. Shu sababdan bu kun Xurshidaning baxtidan quvonmagan odam qolmadi.

– “Sog‘lom avlod uchun” fondi tomonidan chet elga davolanish uchun ketayotganimda yuragimda ming hadik bor edi, – deydi Xurshida Haydarova. – Bu safar ham natija yaxshi bo‘lmasachi, ahvolim bundan ham yomon bo‘lsachi, degan o‘ylar xayolimdan o‘tardi. Ammo fond xodimlarining shirin so‘zlari menga dalda bo‘ldi. Butun safar davomida u yerda faoliyat yuritadigan insonlar barchamizning ko‘nglimizni ko‘tarib, dalda berib turdi. Bizga begona joyda ekanligimizni bildirmaslikka harakat qilishdi. O‘sha vaqtda hayotimda bugungidek baxtga erishishimni xayolimga ham keltirmagandim. Xudoga shukrki, barchasi yaxshi davom etmoqda. Hozirda turmush qurganman. Bir nafar qizim bor. Farzandimning kulgularini ko‘rganimda chekkan dardlarim barchasi esimdan chiqib ketadi. Qizalog‘imning ham kelajagi buyuk bo‘lishiga ishonaman. Zero, biz yashayotgan Vatanda inson, uning qadri aziz. Shunday ekan kelajagi buyuk Vatanning farzandlari ham buyuk ishlarni qilishga qodir.

Yana o‘qing:  Yuksak e’tibordan munavvar dillar

F. TOLIPOV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: