Yangi o‘quv yilida o‘quvchilar obod ta’lim maskanida tahsil oladi

Istiqlolimizning 23 yillik shodiyonasi arafasida poytaxtimizning Hamza tumanidagi 198-maktab namunali darajada qayta ta’mirlanib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. O‘quv maskanida 35 ta sinf xona mavjud bo‘lib, 848 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan. Joriy yilda 1-sinfga 164 nafar bola qabul qilinib, ularga “Prezident sovg‘a”si ulashildi.

Maktabda yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishini ta’minlash maqsadida barcha sharoitlar yaratilgan. Laboratoriya, biologiya, fizika xonalari zaruriy jihozlar bilan ta’minlandi. Ingliz tili darsi uchun maxsus dasturiy qo‘llanmalar va ko‘rgazmali qurollar ishlab chiqilgan. Yozgi va qishki sport maydonlarida mashg‘ulotlar olib borish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

– Maktabimizda ko‘plab to‘garaklar ochilgan, – deydi to‘rtinchi 4-sinf o‘quvchisi Farangiz Otaxonova. – Kashtachilik, tikuvchilik, milliy raqs, o‘zbek jang san’ati, futbol, stol tennisi, basketbol va yana shu kabi to‘garaklar uzluksiz faoliyat yurityapti. Men ham o‘zbek jang san’ati mashg‘ulotlariga qatnashaman. Bu yil Koreyada o‘tkazilgan musobaqada faxrli o‘rinni egalladim.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab ta’lim muassasalari oldiga jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash kabi muhim vazifalar belgilangan. Zero, yoshlari sog‘lom yurtning ertasi nurafshon bo‘ladi.

D.MURODOVA

Yana o‘qing:  Samarqandda ShHT turizm universiteti ish boshlaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: