Kichkina demang bizni…

“iphone”ga moslangan mini-printerlar

Londonning “Berg” studiyasi saytlarining ma’lumotlari yoki xabarlarini eni kalta qog‘ozlarda chop etish imkonini beradigan mobil printerlar uchun buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Bu haqda, studiya blogiga asoslanib, “Lenta.ru” xabar bermoqda.

“Little Printer” nomini olgan qurilmaning narxi 199 funt-sterling (salkam 600 ming so‘m)ga teng. Kichkina printerni AQSH va Kanadada 259 dollar (salkam 500 ming so‘m)ga sotib olish mumkin.

Qurilma uchun 14 avgustdan boshlab buyurtma berish mumkin, “Berg” esa dastlabki printerlarni ikki oy davomida, oktyabrning o‘rtalarigacha yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Qurilmaga studiya saytida buyurtma berish mumkin.

Printer internetga Ethernet-kabel orqali ulanadigan va ma’lumotlarni “Little Printer”ga simsiz kanal orqali uzatadigan “BERG Cloud Bridge” qurilmasi, turli rozetkalar orqali quvvat olish imkonini beradigan adapter va uch rulon qog‘oz bilan birga yetkazib beriladi.

Foydalanuvchi “Berg” studiyasining saytiga kirib (bu ishni, jumladan, “Iphone” yoki “Android” va “Windovs Iphone” platformasidagi smartfonlar brauzeridan ham amalga oshirsa bo‘ladi), “Little Printer”ga xabarlarni, yangiliklarni, ob-havo ma’lumoti, sudoku va boshqa ma’lumotlarni yuborish mumkin. Shuningdek, sayt egalari ham o‘z saytlarini kichik printerda chop etishga moslashlari mumkin.

“Little Printer” ilk bora 2011-yilning noyabrida namoyish etilgan edi. Qurilma ma’lumotlarni termo-qog‘ozga, siyohdan foydalanmasdan chop etadi.

Internet materiallari asosida Farhod Tolipov tayyorladi.

Yana o‘qing:  Sen bilan baxtim butun...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: