Pensiya va nafaqalar – ijtimoiy himoya asosi

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonini o‘qib)

Istiqlol yillarida mamlakatimizda ijtimoiy soha ustuvor maqsadlardan biri bo‘lib keldi. Yurtimizda odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73,5 yoshga, ayollarning umr ko‘rishi 75 yoshgacha uzaydi. Bu xalqimizning bosqichma-bosqich yuksalish yo‘lini bosib o‘tayotganidan va ularning turmush tarzi yuksalib, hayoti farovonlashib borayotganidan dalolatdir.

Darhaqiqat, raqamlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, bugungi kunda 2000 yilga nisbatan mamlakatimizning yalpi ichki mahsuloti 3,1 baravar, aholi jon boshiga hisoblaganda 2,6 baravar o‘sgani, nominal ish haqi solishtirma narxlarda 22 marta, nafaqalarning o‘rtacha miqdori 12,7 baravar oshgani, umuman aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromad esa 8,4 baravar ko‘paygani va oxirgi olti yil davomida iqtisodiyotimizning o‘sishi 8 foizdan oshib kelayotgani bularning yaqqol isbotidir. Shuningdek, buning barchasi dunyo miqyosida kamdan-kam uchrayotgan raqamlardir.

Prezident Islom Karimovning “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi (2014 yil 31 iyul) farmoni aholiga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning yana bir yaqqol ifodasidir. Unda byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,12 baravar oshirilishi belgilangan. Farmonning ijrosi 1 sentyabrdan amalga oshiriladi.

Aholining turmush darajasini oshirish borasidagi chora-tadbirlar tizimida pensionerlarga ham katta ahamiyat berilib kelinayotgani juda muhimdir. Bizning Toshkent shahar Yakkasaroy pensiya ta’minoti bo‘limiga qarashli ijtimoiy himoyaga muhtoj 13 ming fuqaro ro‘yxatda turadi. Endilikda farmonga ko‘ra ularning ijtimoiy nafaqalari birinchi sentyabrdan yana 12 foizga oshirildi.

Bu yuksalishlar mamlakatimizda adolatli, insonparvar demokratik-huquqiy jamiyatni barpo etishda ayni chog‘da xalqimiz tanlagan yo‘l – dunyoda “o‘zbek modeli” deb e’tirof etilgan taraqqiyot strategiyasi naqadar to‘g‘ri ekanligidan va xalqimizning manfaatiga to‘la javob berayotganidan dalolatdir.

Q.AHMEDOV,

Yakkasaroy tumani Pensiya jamg‘armasi yuristi

Yana o‘qing:  Faqat bolajoningiz uchun

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: