Diqqat, ko‘rik-tanlov: “Yilning eng yaxshi kitobi”

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi 2014 yil avgust-oktyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligiga bag‘ishlab respublika nashriyotlarining o‘zaro hamkorligini kengaytirish, noshirlik madaniyati va nashriyotlarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish, sohada erishilgan yutuqlarni keng ommalashtirish, noshirlar, muharrirlar va texnik muharrirlar, musahhih, rassom-dizaynerlar, matbaachilarni rag‘batlantirish, aholining barcha qatlami, xususan, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Yilning eng yaxshi kitobi” VI respublika ko‘rik-tanlovi quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazilishini e’lon qiladi:

1. “Ijtimoiy-siyosiy adabiyot”;

2. “Vatan tarixi”;

3. “O‘zbek va jahon mumtoz adabiyoti”;

4. “Bolalar va o‘smirlar adabiyoti”;

5. “ART kitob”;

6. “Ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar”;

7. “Ilmiy-fundamental asarlar, ensiklopedik nashrlar”.

Tanlovga qo‘yilgan nashrlarning qo‘yidagi jihatlari hisobga olinadi:

– ma’no-mazmuni, ilmiy-ma’rifiy jihatdan tayyorlanish darajasi;

– tahririy-noshirlik darajasi;

– dizaynining original yechimi va badiiy yechimlarining mazmuniga, o‘quvchilar doirasiga hamda kitob maqsadlariga muvofiqligi;

– matbaa ijrosining sifati;

– nashrning ommabopligi va ijtimoiy ahamiyatliligi.

Nashriyotlar ushbu ko‘rik-tanlovda har bir nominatsiya bo‘yicha birdaniga bir necha nomdagi kitob mahsulotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlovga taqdim etilayotgan nashrlar 2014 yilning 20 oktyabrigacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari tashkiliy qo‘mita tomonidan 2014 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston matbuoti” IV Milliy ko‘rgazmasi tadbirlari doirasida mukofotlanib, ularga tanlovning maxsus diplomlari tantanali ravishda topshiriladi. Ko‘rik-tanlovning axborot hamkori sifatida “Kitob dunyosi” gazetasi tahririyati e’tirof etilgan.

Ko‘rik-tanlovga taqdim etilayotgan kitoblar bir nusxadan quyidagi manzil bo‘yicha: Toshkent-100129, Navoiy ko‘chasi, 30-uy, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga yuborilsin.

Murojaat uchun telefonlar: (8-371) 244-12-61, 244-31-85.

Yana o‘qing:  Qora choy – sara choy

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: