YOSHLARNING biznes g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanmoqda

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Ta’lim muassasalari bitiruvchilarining biznes g‘oyasi – banklar e’tiborida” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida “Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi hayotga tatbiq etilmoqda. Ushbu loyiha doirasida yoshlarni, jumladan, yosh oilalarni kichik biznesga jalb etish, ularga biznes yuritish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish sirlarini o‘rgatish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Bunda har bir kasb-hunar kollejiga bank xodimlari biriktirilgani yaxshi samara bermoqda. Kollejlarda tadbirkorlik burchaklari tashkil etilib, bitiruvchilar bilan moliyaviy mavzuda muntazam suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Anjumanda joriy yilning o‘tgan davrida tijorat banklari kichik biznes sub’yektlariga imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi 500 dan ortiq sertifikat taqdim etgani va uning 400 tasi yosh tadbirkorlar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga berilgani alohida ta’kidlandi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  EZGULIK elchilariga ehtirom

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: