FOND faoliyatidan (2014/32)

Toshkent viloyati fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Bo‘stonliq tumanidagi “Ozodbosh” va “Markaz” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi o‘smirlar o‘rtasida “Erta nikoh qurishning salbiy oqibatlari” va “Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyati fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Sardoba tumani “Temur Malik”, “Bog‘ishamol” va “Do‘stlik” qishloq vrachlik punktlarida ayollar va voyaga yetmaganlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va “Erta turmushga chiqishning salbiy oqibatlari”, “Qarindoshga quda bo‘lmang!”, “Skrining tekshiruvini bilasizmi?” kabi mavzularda ma’ruzalar o‘tkazildi.

Buxoro viloyati fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Vobkent tumanining 11 ta qishloq vrachlik punktida aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘riklar bilan bir qatorda “Erta turmushga chiqish va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari”, “Skrining tekshiruvini bilasizmi?” mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Fond tomonidan mavzuga oid bukletlar tarqatildi.

Namangan viloyati fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanining Zarbdor qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli “Guliston”, “Gaznon”, “Salmon”, “Madaniyat” va “Iskavot” mahallalarida reproduktiv salomatlik va oilada tibbiy madaniyatni oshirish mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.

Samarqand viloyati fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumanining “Mingbuloq” qishloq vrachlik punktida Sho‘r, Koksoy va Chirik qishloqlarida yashovchi nogiron bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Abbosjon ERGASHEV,

Sog‘lom avlod uchun” fondi matbuot kotibi

Yana o‘qing:  Yangi film namoyishi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: