Kalitingiz endi YO’QOLMAYDI

The Smart Keychain” deb nomlanuvchi ushbu gadjet kalitga mahkamlab qo‘yiladi. Uni aqlli gadjetlar sirasiga qo‘shish mumkin.

Ushbu gadjet fayllarni saqlash uchun USB fleshka vazifasini o‘taydi. Moslamaning qulayligi shundaki, u orqali elektron pochtangizga kelgan xabarlarni o‘qishingiz, kalendarda belgilab qo‘yilgan rejalar haqida ogohlantirishlar olish va gadjet kalitga mahkamlab qo‘yilgani bois, yo‘qolgan kalitlarni topishingiz mumkin.

Kalitingizni topa olmayotgan bo‘lsangiz, smartfoningizdagi maxsus dastur tugmasini bosasiz va “The Smart Keychain” gadjetidan ovoz chiqadi. Hozirda dastur iOS qurilmalari uchun mavjud, kelajakda Android qurilmalar uchun ham chiqarilishi rejalashtirilgan.

Uning 8 Gb, 16 Gb va 32 Gb xotiralik turlari mavjud.

Yana o‘qing:  Sog‘liq va ogohlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: