SAYLOV HUQUQI VA QONUNCHILIK

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizda saylov huquqi erkinligi va bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish istiqbollariga oid brifing tashkil etildi. Unda deputatlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi “O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi A.Saidov mamlakatimizda demokratik saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirish sohasida samarali huquqiy-amaliy mexanizmlar yaratilganini ta’kidladi. Yangi qonun loyihasi bu boradagi ishlarning mantiqiy davomidir.

Ushbu qonun loyihasi deputatlar, olimlar, mutaxassislar va keng jamoatchilik, milliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida qizg‘in muhokama qilinmoqda. Bu tadbirlarda uch yuzga yaqin amaliy takliflar bildirildi. Shuningdek, qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Markaziy saylov komissiyasining veb-saytlariga joylashtirildi. Hozirgacha to‘rt ming nafarga yaqin yurtdoshlarimiz mazkur loyiha bilan tanishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Bularning barchasi qonun loyihasini takomillashtirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Brifingda saylov huquqi erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, yangi qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

B.XIDIROVA,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  JANUBIY KOREYADAN 22 MEDAL

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: