YOSHLAR – SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORI

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi doirasida “Ekstrim – giyohvandlikka qarshi” mavzuida yoshlar festivali bo‘ldi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va boshqa jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan tadbir giyohvandlik, kashandalik kabi illatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi.

Mamlakatimizda o‘g‘il-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual, ijodiy va jismoniy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilayotir. Bu jarayonda sportning ekstremal turlari ham yoshlar o‘rtasida jadal ommalashmoqda. Rolikli konkida uchish, skeytbord, tog‘ velosipedi kabi sport turlari insonda tezkorlik, dadillik, chaqqonlik, tez va to‘g‘ri qaror qabul qilish kabi fazilatlarni shakllantiradi.

– To‘qqiz yoshimdan buyon rolikli konkida uchaman, – deydi poytaxtimizdagi 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Iskandar Jalilov. — Sport bilan shug‘ullanish sog‘lom o‘sishimga, maktab darslarini to‘liq va oson o‘zlashtirishimga yordam beradi.

O‘ninchi marotaba tashkil etilgan yoshlar festivalida ekstremal sport turlari bilan muntazam shug‘ullanayotgan ellik nafarga yaqin o‘g‘il-qiz rolikli konki, skeytbord va tog‘ velosipedlarida turli murakkab harakatlarni bajarish, to‘siqlardan o‘tish bo‘yicha o‘z chiqishlarini namoyish etdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Zohir TOSHXO‘JAYEV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  OILADA AYOLNING O‘RNI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: