OLIY MAQSAD – tinch va obod turmush

Yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan har bir insonning ozod va baxtiyor yashashi – eng oliy maqsad deb belgilandi. Bu adolat tamoyillariga asoslangan qonunlarimizda ham o‘z aksini topib kelmoqda.

Bosh Qomusimizning 43-moddasi shunday deyiladi:: “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi”.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”da va boshqa bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarda ham barcha insonlar teng va erkin ekanligi kafolatlangan.

Biroq, bugungi kunda butun dunyoda insonning hurligi va erkinligiga daxl qiluvchi, odamning baxtli va farovon yashashga bo‘lgan intilishiga to‘sqinlik qiladigan odam savdosi jinoyati paydo bo‘lganligi muammo bo‘lib turibdi. BMTning ma’lumotiga ko‘ra, hech bir mamlakat odam savdosidan chetda qolmagan.

Mamlakatimizda buning oldini olish uchun “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinib, ushbu qaror bilan “2008-2010 yillarda odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha Milliy tadbirlar rejasi”ning tasdiqlanishi mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlarning huquqiy asosi bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida bu illatga qarshi kurashish maqsadida jazo choralari kuchaytirildi.

Yuqorida qayd etilgan huquqiy xujjatlarga binoan mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzilib, Prezidentimiz qarori bilan komissiya a’zolari tarkibi, komissiya Nizomi va asosiy vazifalari belgilab berildi.

Shu kabi salbiy holatlarning oldini olishda poytaxtimizning Mirobod tumanida ham ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, fuqarolarimizning odam savdosi kabi illatlarga duchor bo‘lmasligi uchun mas’ul idoralar hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hamjihatligi, yakdilligini davom etirish maqsadida yaqinda tuman hokimligi majlislar zalida “Chet el davlatlaridan turli xil huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun deportizatsiya qilingan fuqarolar bilan prafilaktik tadbirlar o‘tkazish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda Tuman hududiy idoralararo komissiyasi raisi A. Abdurahmonov, tuman xotin– qizlar qo‘mitasi raisi, hokim o‘rinbosari F. Madaminova, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Ya. Shodiyeva va boshqalar ma’ruza qildi. O‘tgan olti oyda ushbu yo‘nalishda tumandagi Kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida, Sanoat kasb-hunar kollejida, 2-son akademik litseyda va ko‘pgina mahallalarda odam savdosiga qarshi kurashish mavzusida mutaxassislar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Yana o‘qing:  FOND faoliyatidan (2014/42)

Bu yil tumanimizda chet el mamlakatlaridan deportizatsiya qilinganlar soni avvalgi yillarga nisbatan kamaydi. Ularning har biri e’tiborga olindi, tibbiy-huquqiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatildi. Mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirildi.

M.QOLDIBOYEV,

Mirobod tuman hududiy idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: