Kulgu-shifo (2014/29)

Bir omadli odam ko‘ldan oltin baliq tutib oldi. U o‘ziga berilgan uchta tilak so‘rash imkoniyatidan foydalanmoqchi bo‘libdi:

– Shaharning eng qimmat restoranida o‘tirishni istayman!

– Bemalol!

– Dasturxon-chi? Hammasini alohida aytish kerakmi?

– Marhamat!

– Nozu ne’mat, ichkiliksiz ziyofat bo‘lmaydi-ku, axir?

Baliqchi mazza qilib yedi, ichdi, xushnud bo‘lib, ofitsiantni chaqirdi:

– Oltin baliqqa qoyil! Darvoqe, o‘zi qani?

– Uchta tilagingizni bajargandan keyin, dengizga qaytib ketdi! Marhamat, to‘lov qog‘ozini oling! Hammasi bo‘lib, 5 million 450 ming so‘m bo‘libdi! Naqd to‘laysizmi yoki plastik kartochka bilanmi?!

F.Abdullayev

Yana o‘qing:  MASTIT chaqaloqlarda ham uchraydimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: