Zamonaviy tibbiyot maskani: yuksak g‘amxo‘rlik samarasi

Jamiyatimizda inson, uning qadr-qimmati huquqi va erkinliklari oliy qadriyat sanaladi. Uning shaxsiy daxlsizligi Bosh Qomusimiz va bir qancha qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Har bir shaxs bepul tibbiy yordam olish huquqiga egadir. Respublikamizda joylashgan barcha tibbiy muassasalarda buning uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy tibbiy jihozlar, diagnostik laboratoriyalar va asosiysi malakali shifokorlar, hamshiralar inson salomatligi uchun xizmat qilmoqda. Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasida mehnat qilayotgan malakali shifokor va hamshiralarning xizmatidan bugun barcha yurtdoshlarimiz mamnun bo‘lmoqda.

Klinikaning bolalar o‘pka kasalliklari bo‘limiga kirib borar ekansiz yo‘laklar toza va yorug‘, xonalar shinam, ozoda. Oshxonaga kirsangiz toza dasturxon, kerakli idish-tovoqlar tartib bilan qo‘yilgan. Shirinso‘z oshpaz ayolning yoqimli ishtaha tilab bemorlarga nonushta tarqatayotganiga guvoh bo‘lasiz. O‘tkazilayotgan barcha xizmat turlari va dori-darmonlar bepul. Haftaning dushanba kunlari shifokorlar bemor bolalarning onalari bilan suhbat olib boradilar. Unda ona sutining ozuqaviy ahamiyati, bola uchun foydali tomonlari, qo‘shimcha ovqat turlari, uni qachon va qay tartibda berib borish kerakligini, bolaning ovqat ratsioni turli xildagi vitamin va minerallarga to‘yingan mahsulotlardan tashkil topishi go‘daklarda uchraydigan infeksion va noinfeksion kasalliklar, ularning oldini olish choralari, emlash va uning afzalliklari, hamda bolalarni chiniqtirish kabi mavzularda tushuntirish ishlari olib boriladi.

– Bugungi kunda shifoxonamizga respublikamizning turli viloyatlaridan bemorlar shifo izlab kelishadi. Farzandining salomatligi tiklanib borayotganidan mamnun onalarning yuzidagi tabassumni ko‘rib, shifokor bo‘lganimdan faxrlanaman. Sog‘lom avlodni dunyoga keltirish va ularni tarbiyalash yo‘lida yosh va bo‘lajak onalar eng avvalo o‘z salomatligini mustahkamlab borishi lozim. Birinchi navbatda ayollarning o‘zlari sog‘lom bo‘lishlari kerak. Chunki, sog‘lom onadan sog‘lom bola dunyoga keladi. Farzand tug‘ilganidan keyin sog‘lom o‘sishi uchun ona sutining ahamiyati juda muhim. Bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish, to‘g‘ri parvarishlash, turli kasalliklarning oldini oladi. Bir yoshdan keyin yoshiga mos holda ovqatlantirish, kerakli miqdorda oqsil, yog‘, uglevodlarni bolalarning ovqat ratsioniga kiritish ularni sog‘lom o‘sishlariga yordam beradi. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni turli to‘garaklarga qatnashishi ularning dunyoqarashini kengaytiradi. Ota-onalar buning uchun vaqt topishlari lozim – deydi bo‘lim mudiri, oliy toifali shifokor Gulnoz Yo‘ldosheva.

Yana o‘qing:  TA’LIMDA ZAMONAVIY USLUB: bolalar salohiyatini yuksaltiradi

Darhaqiqat, tibbiyot maskanlaridagi yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bois, bemorlar o‘z dardiga davo topishmoqda. Shu sabab, qo‘li yengil, o‘z kasbining fidoyisi bo‘lgan shifokorlar sha’niga aytilayotgan minnatdorlik so‘zlarining adog‘i yo‘q.

Umida Tursunboyeva,

Barovskiy nomidagi tibbiyot

kolleji o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: