Xalq salomatligi – YURT BOYLIGI

Mamlakatimiz mustaqilligining 23 yilligini keng nishonlash uchun katta tayyorgarlik ko‘rilayotgan shu kunlarda sog‘liqni saqlash sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarimizning hayotiy omillari haqida o‘ylar ekanman, o‘zimni baxtiyor sezaman. Bugungi kunda xalqaro hamjamiyat tomonidan mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar e’tirof etilayotganidan barcha yurtdoshlarim qatori mening ham ko‘nglim faxr-iftixorga to‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 19 fevralda “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. 7 bo‘lim, 125 banddan iborat dastur ijrosiga 4 trillion 509,2 milliard so‘m va 302,9 million AQSH dollari yo‘naltirilishining o‘ziyoq yurtimizda sog‘lom, barkamol avlodni kamol toptirishga berilayotgan misli ko‘rilmagan e’tiborning yorqin ifodasidir. Dasturga ko‘ra yangi oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari, sanitariya-dam olish ob’yektlari, 15 ta yangi madaniyat va istirohat bog‘lari barpo etiladi. Shuningdek, MDH mamlakatlarida o‘xshashi bo‘lmagan zamonaviy ko‘p tarmoqli bolalar markazini qurish va uni yuqori texnologik tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari Respublika ixtisoslashgan pediatriya ilmiy-amaliy markazining qator bo‘limlari, ToshPTI klinikalari, 13 ta viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazlari, 62 ta tuman tibbiyot birlashmalari hamda boshqa tibbiy va tibbiy-ijtimoiy muassasalar quriladi, tubdan ta’mirlanadi. Barchasi zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlanadi. Yuqoridagi raqamlarning o‘ziyoq mamalakatimizda xalq salomatligiga, xususan, bolalar salomatligiga alohida e’tibor qaratilayotganligini ko‘rsatib turibdi.

Dastur doirasida turmushimizda ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayapti. Qamashi tumani asosan tog‘, tog‘oldi, dasht mintaqlardan iborat. Tumanning 237 ming nafardan ziyod aholisiga 2 ta shifoxona, tuman tibbiyot birlashmasining 5 ta filiali, yuqumli kasalliklar shifoxonasi, ko‘p tarmoqli tuman markaziy poliklinikasi, sil kasalliklariga qarshi kurash dispanseri, salomatlik markazi, xo‘jalik hisobidagi stomatologiya poliklinikasi, 17 ta qishloq vrachlik punktlari, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, 14 ta xususiy dorixona va 2 ta xususiy stomatologiya xonalari xizmat ko‘rsatmoqda. Ularda 256 nafar vrach, 1797 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari mehnat qilishmoqda. Joriy yilning birinchi choragida 58130 nafar tug‘ruq yoshidagi ayollarning 45891 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli davolash profilaktik muassasalariga hozirga qadar “Salomatlik-2” loyihasi bo‘yicha 328 million so‘mdan ortiq mablag‘ hisobiga tibbiyot asbob-uskunalar keltirib o‘rnatildi. Ularning 164 million 180 ming so‘mligi (790 turda) qishloq vrachlik punktlari ixtiyorida.

Yana o‘qing:  Zamonaviy binolar ish boshladi

Tuman tibbiyot birlashmasida 3 milliard 450 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilib, barcha bo‘limlar yangi binoga o‘tkazildi. 2012 yilda “Salomatlik-2” loyihasi bo‘yicha olingan tibbiyot apparatlarini doimiy ishlatish uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 2 million so‘mga yaqin mablag‘ evaziga 2 ta dvijok, bolalar bo‘limiga 2 million 900 ming so‘mdan ziyod mablag‘li UTT apparati, 23 million 625 ming so‘mdan ziyod mablag‘li sun’iy nafas olish apparati olindi. Rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 57 million 600 ming so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga yumshoq va qattiq jihozlar keltirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 28 noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Qamashi tuman tibbiyot birlashmasida tuman davolash profilaktika muassasalarini optimallashtirish ishlari yakunlanganligi munosabati bilan Jahon banki va Osiyo taraqqiyot bankining vakillari “Salomatlik-3” loyihasining direktori Susanaxonim boshchiligida AQSH, Yaponiya, Xitoy davlatlari ishonchli vakillari 2012 yil 10 noyabr kuni Qamashi tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, bo‘limlarda yaratilgan shart-sharoitlar, kommunikatsiya ishlari bilan tanishdilar. Bu jarayonda vrachlar, o‘rta tibbiyot xodimlari va bemorlar bilan suhbatlashdilar. Ularnig fikrlari bilan qiziqishdi. Tuman tibbiyot birlashmasida qilingan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar ekspertlarni to‘lig‘icha qoniqtirganligi sababli birlashmamiz zamon andozalariga mos “Salomatlik-3” loyihasi bo‘yicha 1 million AQSH dollari miqdorida tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

Mamlakatimiz rahbarining 2008 yil 21 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilgacha bo‘lgan davrida xizmat ko‘rsatish va servis xizmatini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi borasida dastlabki qadamlar tashlandi. 100 million so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, yangi reablitatsiya binosi foydalanishga topshirildi. Bino xonalari qattiq va yumshoq jihozlar bilan jihozlandi hamda barcha qulayliklar yaratildi.

Aytish joizki, tug‘ruq kompleksi, ginekologiya, shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi, 1-, 2-terapiya, reanimatsiya, jarrohlik, bolalar va qabul bo‘limlariga kirishda fuqarolarning himoya vositalari bilan kirishi ta’minlanayapti. Davolash profilaktika muassasalarida sanitariya-gigiyenik holatni yaxshilash maqsadida aholiga pullik servis xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Obodonlashtirish ishlari homiylar yordamida va hashar yo‘li bilan amalga oshirilayapti. Erta bahorda markaziy shifoxona hovlisiga ming dona manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Suv ta’minoti yaxshilanib, ta’mirtalab yo‘lakchalar asfalt qilindi.

Yana o‘qing:  Yuraging urib tursin, bolajon!

Aytish joizki, bugun markaziy shifoxonamiz tumandagi eng obod maskanlardan biriga aylandi. Bularning barchasi Yurtboshimiz olib borayotgan oqilona siyosatning mahsuli, amalga oshirilayotgan islohotlar mevasidir.

To‘lqin RASULOV,

Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: