Dillarga quvonch ulashib…
Poytaxtimizdagi 43-bolalar va o‘smirlar sport maktabida jismoniy imkoniyati cheklangan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Sog‘lom bola yili munosabati bilan O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan imkoniyati cheklangan yoshlarni ijtimoiy himoya qilish hamda ularni sport bilan faol shug‘ullanishga jalb etish maqsadida tashkil etilgan musobaqada Toshkent shahridagi Muruvvat uylarida tarbiyalanayotgan 80 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz o‘zaro bahslashdi.
Musobaqa yakunida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
T.ORTIQOVA