O‘yinchoqsifat chashka

Idish sinsa yaxshilikka deyishadi. Ammo, kompyuter qarshisida ishlayotganda bexosdan qahva to‘la finjonga qo‘lingiz tegib ketib sinsa, qahva esa to‘kilib kiyimingizda dog‘ qoldirsa-chi? Singan idish yaxshilikka deymiz-u, biroq, kiyimingizga o‘rnashgan dog‘ ko‘nglingizni g‘ash qilishi, tabiiy.

O‘zingizni ko‘p ham ayblamang. Ko‘pincha idishlarni tushirib yuboruvchi insonlar uchun Smartgrip kompaniyasi Mighty Mug deya nomlangan termo-finjonni taqdim etishmoqda. Bu finjonning o‘ziga xos xususiyati – undagi qahva yoki ichimlikni shunchaki to‘kib yuborolmaysiz. Mazkur kashfiyotning o‘ziga xosligi undagi vakuumli tizimidadir. Idishchaning qo‘lida maxsus so‘rg‘ich bo‘lib, u shu moslama orqali stolingizga mahkam o‘rnashadi va shu bilan birgalikda uni hech qiyinchiliksiz stoldan qo‘zg‘ata olasiz ham. Mazkur termo-finjonning hajmi 0,47 litr bo‘lib, bu bir kishining kun davomida ichishi lozim bo‘lgan suyuqlikning miqdori hisoblanadi.

Mazkur idishda bolangiz uchun iliq sutni ham hech ikkilanmay saqlay olasiz. Uning turg‘un holati bolaning ichimlikni to‘kib yuborishga yo‘l qo‘ymaydi. Mazkur idishni bemalol mikroto‘lqinli isitkichga qo‘yishingiz mumkin. Ammo uni zinhor idish yuvgich uskunaga qo‘ya ko‘rmang. G‘oya mualliflarining ta’kidlashicha vakuumli sistema mutloqo tekis bo‘lgan yerga yaxshi o‘rnashadi. Issiq ichimlikni xush ko‘ruvchilar uchun esa Plug cap isitkich tizimiga ega finjon tavsiya etiladi. Buni elektr quvvati orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Guli NOZ

Yana o‘qing:  Xursandchilik ulashmagan g‘alaba

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: