Ravshan Ermatovdan REKORD

Braziliyada davom etayotgan jahon chempionati finalchilari nomi ham ma’lum bo‘ldi. Biz uchun hammasidan ham qiziqrog‘i final uchrashuvini qaysi hakam boshqarishi desam adashmagan bo‘laman. Zero, yurtimizdagi futbol ishqibozlari bu o‘rinda faqat hamyurtimiz Ravshan Ermatovni ko‘rishmoqda.

Darvoqe, hakamimizga oid yana bir ma’lumot. FIFA hakami Ravshan Ermatov jahon chempionati chorak finalida Gollandiya hamda Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuvni boshqardi. Shu tariqa o‘zbekistonlik hakam jahon chempionatlarida 9 ta o‘yinni boshqargan referi sifatida rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

U to‘rt yil muqaddam JARda kechgan mundialning 5 ta uchrashuvini boshqarib borgan. Bu yilgi musobaqada boshqargan o‘yinlari soni esa hozircha to‘rtta.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar jahon chempionatlarida hech bir hakam 8 tadan ko‘p o‘yin boshqarmagan. Joelyu Kinyu (Fransiya, JCH-1994), Benito Archundii (Meksika, JCH-2010) va Xorxe Larrionde (Urugvay, JCH-2010) shunday natijaga erishgan edi.

Ravshan Ermatov ayni vaqtda 9 ta o‘yin bilan bu borada rekord natijaga erishib turibdi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozim, 36 yoshli hakam Braziliyadagi musobaqaning final o‘yiniga tayinlansa, o‘zining bu boradagi natijasini yanada yaxshilab olishi mumkin.

Yana o‘qing:  Sajdagohim, g‘ururimsan, Vatan!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: