Fond faoliyatidan (2014/28)
Farg‘ona viloyatidagi fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Qo‘shtepa tumani Solijon, “Obod” va “O‘qchi” qishloq fuqarolar yig‘inlarida yashovchi jami 366 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘riklardan o‘tgan bemorlarga dori-darmon va sanitariya-gigiyena vositalari tarqatildi.
Samarqand viloyatidagi fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Narpay tumanining Ibn Sino nomidagi qishloq vrachlik punktida, “Chorbog‘” va “Haqiqat” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi jami 366 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Jizzax viloyatidagi fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Zomin tumani “Uvvon” va “Qoramozor” qishloq vrachlik punktlarida jami 178 nafar o‘smir o‘rtasida “Qarindoshga quda bo‘lmang!”, “Qizlar gigiyenasi”, “Yoshlarni erta turmushga berishning salbiy oqibatlari”, “Ona va bola skriningi davlat dasturi”, “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh nima uchun xavfli?” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazilib, “OIV infeksiyasi to‘g‘risida bilasizmi?”, “OIV va OITS haqida eshitganmisiz?”, “OIV va OITS nima?” mavzularida bukletlar tarqatildi.
Abbosjon ERGASHEV,
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot kotibi