Kulgu-shifo (2014/27)
Sport buyumlari sotiladigan do‘konda xotin eridan iltimos qildi:
– Dadasi, mana bu trenajyor, yugurish yo‘lakchasini olib bersangiz … Men har kuni shug‘ullanib, bir oy deganda yuqori sinf o‘quvchisiga aylanaman-qolaman!
– Azizam, – e’tiroz bildirib pichirladi er. – Tanlaganing oddiygina yugurish yo‘lakchasi, vaqt mashinasi emas!
* * *
Narvonda turib shift bo‘yayotgan xotin televizorda futbol ko‘rayotgan eriga dedi:
– Dadasi, mabodo yiqilib tushsam, tanaffus paytida “Tez yordam“ga qo‘ng‘iroq qilarsiz-a?
Fayzulla ABDULLAYEV