ANTIQA TASHXIS
Finlyandiyalik tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, uyida it boqadigan oilalar farzandlari diabetdan ko‘proq himoyalangan bo‘lar ekanlar.
Olimlarning bunday xulosaga kelishlariga sabab naslida diabet bilan kasallanganlar mavjud bo‘lgan va o‘zlarida ham shu kasallik rivojlanishi xavfi juda yuqori bo‘lgan bolalar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotlar sabab bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha uyida it boqqan bolalar garchi nasldan o‘tish xavfi yuqori bo‘lsa-da, diabet bilan kasallanish holatlari juda kam kuzatilgan.
Boshqa hech qaysi uy hayvonlari ushbu kasallikka qarshi hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Itlardagi mavjud allaqanday tabiiy xislat ularga ushbu kasallikni yo‘q qilishga yordam beradi.