Xushbo‘y SMSlar

Fan-texnika rivojlangan hozirgi davrda insoniyatni biror yangilik bilan hayron qoldirish qiyin. Ayniqsa, gadjetlar, ya’ni qo‘l telefonlari masalasida. Barchamiz Apple kompaniyasining dunyoga mashhur iPhone uyali apparatini ko‘rganmiz, eshitganmiz.

Uning turli o‘ziga xos funksiyalari shunday qurilmalar orasida yetakchi bo‘lishini ta’minlaydi. Yaqinda unga mo‘ljallangan yana bir yangi qurilma ixtiro qilindiki buni ko‘rib xayratdan yoqa ushlashingiz tabiiy.

Siz qo‘l telefoningizdan SMS xabar yuborgandek qilib o‘zingizga yoqqan iforni yuborish mumkunligiga ishonasizmi? Bu haqiqat ishonavering. Bugungi kun ixtirochilari bu fantastikani haqiqatga aylantirib ulgurishdi. oPhone nomi bilan atalgan uskuna yordamida endilikda mobil telefondan foydalanadigan inson hech qiynalmay yoqimli iforni uzoq masofaga uzatishi yoki qabul qilishi mumkin. Mazkur g‘oya bundan bir necha o‘n yillar avval o‘ylab topilgan bo‘lib, Garvard universiteti olimlari turli iforlarni biri-biriga masofadan turib ulashishga yordam beradigan mazkur uskunaning asosini ishlab chiqishdi va uni IndieGoGo saytida ommaga namoyish etishdi.

iPhone bu maxsus qurilma bo‘lib, u 32 xildagi iforlardan 300 ga yaqin kombinatsiyalarni yaratib undan siz o‘zingiz istagan iforni topa bilasiz. Bu uskuna smartfon bilan birgalikda ishlashi va bu orqali insonlar bir-biridan uzoq masofada bo‘lishiga qaramay, sevimli iforlarini jo‘nata olishi mumkin.

Yaqin kelajakda bu qurilmadan foydalanuvchilar quyoshli kun, yoqimli o‘choq isi, dengiz sho‘r suvining hidi, o‘rmonning ajabtovur isini do‘stlar bilan baham ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun esa siz mobil telefoningiz bilan bu qurilmani olib yurishingizga to‘g‘ri keladi.

Guli NOZ

Yana o‘qing:  OCHLIK IMMUN TIZIMINI MUSTAHKAMLAYDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: