Vitaminli salat

Ramazon oyida ko‘pchillik uy bekalari iftorlik dasturxoniga nima qilsam ekan deb o‘ylashadi. Bu gal sizga tavsiya qilmoqchi bo‘lgan salatimiz ham dasturxoningizdan joy olishiga ishonamiz. Ushbu salat organizm uchun foydali, eng asosiysi, qisqa vaqtda tayyor bo‘ladi.

Kerakli mahsulotlar: 1 dona qizil karam, 200 gr. qaynatilgan go‘sht, 1 dona qizil bulg‘or qalampiri, 4-5 dona tuzlangan bodring, konservalangan jo‘xori, ko‘k piyoz, ko‘katlar va ta’bga ko‘ra salat yog‘i.

Tayyorlanishi:qizil karamni somoncha shaklida to‘g‘raymiz, qaynatilgan go‘shtni va bodringni ham somoncha shaklida to‘g‘rab olamiz. Ko‘k piyoz va ko‘katlarni uzunchoq shaklida to‘g‘rab idishga solamiz. So‘ngra jo‘xori, ta’bga ko‘ra tuz va salat yog‘ini solib yaxshilab aralashtiramiz.

Tayyor bo‘lgan salatimizni idishlarga solib dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!

Yana o‘qing:  Yuz bilan yuzlashishni xohlaysizmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: