GO‘DAKNING terisi “so‘zlaganda”

Chaqaloqning terisi tarkibida kattalarnikiga nisbatan suv ko‘p bo‘ldi. Shuning uchun uning terisi ko‘zga oqish va biroz shishganday ko‘rinadi. Bundan tashqari yangi tug‘ilgan chaqaloqning teri sathi kulrang-oqish tvorogga o‘xshash surtma bilan qoplangan bo‘ladi. Surtmani ohistalik bilan doka yoki steril salfetka bilan artib olsangiz mittivoyning terisi qizg‘ish tus oladi. Bu holat chaqaloqlarning fiziologik eritemasi deyiladi.

Eritema-chaqaloqning tashqi muhitga reaksiyasi hisoblanadi. Xuddi katta odamlarda sovuq kunlarda terisi qanday qizarib qolsa shunga o‘xshash bo‘ladi. Chaqaloq tug‘ilgach 1-2 kunda eritema toshishi o‘tib ketadi. Keyin teri rangining qizarishi kamayib, mittivoyning terisining yuza qavati ko‘cha boshlaydi va sarg‘imtir tus oladi. Eritema o‘rniga chaqaloqlar sariqligi o‘rin almashgan bo‘ladi. Bunga sabab fetal gemoglobin o‘z vazifasini o‘tab bo‘lganidan darak beradi. Ya’ni, homila ona qornidaligida oqsil tabiatli fetal gemoglobin o‘pkalardan to‘qimalarga kislorod tashiydi. Chaqaloqlar sariqligi 2-3 kunda avjiga chiqib, go‘dak tug‘ilgandan so‘ng 7-10 kuni ketadi. Sariqlik tezroq so‘rilib ketishi uchun go‘daklarga ultirabinafsha nurlaridan davolovchi muolaja o‘tkazish zarur. Chunki, terining sarg‘ayishiga sabab bo‘luvchi bilirubin moddasi shu davo muolajasidan so‘ng parchalanib ketadi.

Yangi bo‘shangan yosh va tajribasiz onalarni mittivoyning boshining ensa sohasi va peshonasining sochli qismidagi turli shakldagi qizil dog‘lar tashvishga soladi. Agar shu qizil dog‘larni yengilgina bossangiz ular ko‘zdan yo‘qoladi. Bu dog‘lar teri osti qon tomirlari kengayganligi sababli paydo bo‘lgan. Chunki, tug‘ruq jarayonida chaqaloqning boshi katta bosim ta’sirida bo‘ladi. Ba’zan go‘dakning burnida yoki ikki yonog‘ida, shuningdek, peshonasi yoki yuqori labida kattaligi tariq donidek keladigan sarg‘ish, yog‘li toshmalarni ko‘rsangiz xavotir olmang. Onadan yo‘ldosh orqali o‘tgan gormonlar tufayli jajji bolakayning yog‘ bezlari faoliyati kuchayib ketadi. 3-6 hafta o‘tgach gormonlar ta’siri yo‘qolgach, toshmalar o‘z-o‘zidan so‘rilib ketadi. Sariq toshmalardan tashqari oqish, mayda marvarid donalariga o‘xshashi ham uchraydi. Bu toshmalar ham burun kataklari atrofida, engakda, yonoqlarda, burun ustida va qansharda shuningdek, ba’zan tanglay va milklarda ham uchraydi. Har bitta ana shunday mitti “marvaridcha”lar teri ostiga kichik “ildiz otgan” bo‘ladi, ya’ni ularning tagida juda ham kichkina kista bo‘lib, oq toshmalarda o‘ziga xos qattiqlik paydo qiladi. Ya’ni, ular qo‘lga qattiqroq unnaydi.

Yana o‘qing:  TOZALIK – SOG‘LOM HAYOT GAROVI

Hurmatli ota-onalar!

Aslo go‘dak yuzidagi toshmalarni siqishga harakat qilmang. Aks holda toshma tugunchalari o‘rnida suvchechakka o‘xshash dog‘lar qoladi. Yana chaqaloq terisiga infeksiya tushirib qo‘yishingiz mumkin. Sabr bilan bu toshmalarning o‘z-o‘zidan so‘rilib ketishini kuting. Agar uzoq vaqt davomida ushbu toshmalar so‘rilib ketmasa, bolalar dermatologiga uchrashing. Shifokor-dermatolog sizga zarur davo muolajasini qo‘llaydi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: