Bolalar tagliklari farzand uchun foydalimi yoki…

Bir martalik tagliklardan foydalanish bolani parvarishlashni yengillashtiradi. Bu tagliklar to‘g‘risida yosh onalardan har xil salbiy va ijobiy fikrlar eshitish mumkin. Ba’zan chaqaloqlarga ayniqsa, o‘g‘il bolalarga bir martalik tagliklarni ishlatish mumkin emas degan fikrlarni ham eshitib qolamiz.Chunki, u go‘dakning moyaklariga salbiy ta’sir etib, erkaklar bepushtligiga, qizlarda siydik pufagi yallig‘lanishi va taglik dermatiti (teri yallig‘lanishi)ga, tuvakka kech o‘tirishiga sabab bo‘ladi deyishadi.

Maxsus tagliklarda go‘dak o‘zini quruq va qulay his etadi. O‘g‘il bolaning moyaklari boshqa tana a’zolari singari me’yordagi haroratni yoqtiradi. Bir martalik tagliklarda bolani tagi 36,0 S haroratda bo‘ladi. Ya’ni, jinsiy a’zolarda hech qanday dimiqish holatlari bo‘lmaydi. Ammo tagliklarni o‘z vaqtida almashtirib, uning oralig‘idagi tanaffusda go‘dakning terisi nafas olishiga imkon yaratish zarur. O‘g‘il bolalarda spermatozoidlar shakllanishi 7 yoshdan keyin, ya’ni 8-9 yoshlarda boshlanadi.

Bundan ma’lumki 8-9 yoshda hech qaysi o‘g‘il bola bir martalik taglik ishlatmaydi. O‘g‘il bolalarni reproduktiv funksiyasiga bir martalik tagliklar hech qanday aks ta’sir qilmaydi. Lekin juda ham tor ich kiyim yoki ishtonchalar kiyish go‘dakning tos suyagida joylashgan jinsiy a’zolarida qon aylanishining buzilishiga sabab bo‘ladi va salbiy ta’sir etadi. Siydik pufagining yallig‘lanishi sistit deb ataladi. Bunga immunitetning pasayib ketishi yoki siydik yo‘llariga bakteriyalar tushishi sabab bo‘ladi. Qiz bolalarning tagini noto‘g‘ri yuvganda, ichak tayoqchalari siydik yo‘llarigi tushgandagina bu kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Bir martalik tagliklardan foydalanish bolalarda matodan qilingan tagliklardan foydalanilganda paydo bo‘ladigan yo‘rgak dermatiti-teri yallig‘lanishidan saqlaydi. “Pampers” bolaning ichi kelganda bolaning tagi vaqtida yuvilmasa yo‘rgak dermatitiga olib keladi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, bolani o‘z vaqtida tagligini almashtirish va tagini sovunlab yuvish dermatitlarning oldini olishga yordam beradi. Lekin hamma narsada me’yor bo‘lganidek, taglikni almashtirilayotganda yarim soat tanaffus qilib, bolaga havo vannasi qabul qilgach, keyin bir martalik taglik kiygiziladi.

Bir martalik tagliklarni har 2,5-3 soatda almashtirish kerak. Tagliklar kechasi kiygizilganda, go‘dak o‘zini quruq his qiladi va tinch uxlaydi. Bu o‘z navbatida onani ham salomatligi va dam olishi uchun muhimdir. Butun dunyo pediatrlari bolani salomatligi va rivojlanishi uchun qulay bo‘lgan bir martalik tagliklardan foydalanishni tavsiya qilishadi.

Yana o‘qing:  Vujud gavhari

Feruza NAZAROVA,

tibbiyot fanlari nomzodi, neonatolog

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: