Yorug‘ kelajak debochasi

Ertangi kunining bugunidan ham yorug‘, farovon bo‘lishini istagan har bir millat, eng avvalo, yosh avlod kamolotiga alohida e’tibor qaratadi. Bunday ezgu sa’y-harakat ifodasini har bir kishi misolida ham ko‘rish mumkin.

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 190-maktabgacha ta’lim muassasasida ham bolalar tarbiyasiga yondashuv o‘ziga xos tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur maskanda “Sog‘lom bola yili” davlat dasturida belgilangan tegishli vazifalarni bajarish doirasida yangi – maxsus guruhda tarbiyalanuvchi tashkil etildi. Uch-to‘rt yoshli bolalarni qamrab olgan bu guruh badiiy gimnastika, raqs to‘garaklari mashg‘ulotlarida qatnashishi, ingliz tili saboqlarini olishi bilan ham boshqa guruhlardan farqlanadi. Guruhda har bir bolaga alohida yondashilib, tarbiyalanuvchining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Hali o‘z ishini boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmasa-da, bolalarning o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini ustozlari va ota-onalariga namoyon etish maqsadida guruhda “O‘ynab o‘ylaymiz – o‘ylab o‘ynaymiz” deb nomlangan ochiq mashg‘ulot tashkil etildi.

Darhaqiqat, bolalarning o‘ziga xos olami bor. Ularning ko‘ngliga yo‘l topish mashg‘ulotlar va saboqlarning yanada samarali bo‘lishi uchun eng muhim kalitdir. Mashg‘ulotlar jarayonini kuzatish uchun taklif qilingan ota-onalar ham o‘z farzandlarining chizgan rasmlari, badiiy gimnastika mashqlarini bajarishlari, xorijiy so‘zlarni burro-burro gapirishlarini kuzatib, dilbandlari ishonchli qo‘llarda ekaniga yana bir bor amin bo‘ldilar.

Guruh rahbari Zuhra Ahmedova mashg‘ulotlar rus tilida olib borilayotganiga qaramasdan bolalarning qiziqish bilan har bir saboqni o‘zlashtirayotganini, shuningdek, tarbiyalanuvchilarni ona tabiatga mehr, sportga, salomatlik to‘g‘risidagi boshlang‘ich bilimlarga qiziqtirish, ularning sog‘lom va barkamol bo‘lib o‘sishi uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Tadbirni kuzatar ekanmiz, mustaqillik farzandlarining naqadar e’tiborda ekanidan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi. Zarrada quyosh aks etganidek, 190-maktabgacha ta’lim muassasasida o‘zimiz guvoh bo‘lgan yangilanishlar yurtimizda keng quloch yozgan – “Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘lur, qudratli yurtning farzandlari sog‘lom bo‘lur” ezgu shiori naqadar hayotbaxsh ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi.

Nilufar HAYITOVA

Yana o‘qing:  Xolis ishning qo‘sh yutug‘i

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: