QON SARATONINI DAVOLASH IMKONIYATI PAYDO BO‘LDI

Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti 2014 yildan boshlab ko‘p tarmoqli miyeloma (qon saratoni) tashxisi qo‘yilgan bemorlarga asosiy o‘zak hujayralarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkaza boshladi. Mamlakatimizda o‘tkazilgan izlanishlar samarasi o‘laroq endilikda kishilarni o‘z shaxsiy asosiy hujayralari bilan davolash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Bunday hujayrani donordan emas, bemorning o‘zidan olinadi. Ushbu ajoyib imkoniyat O‘zbekistonning chet davlatlaridagi hamkasblari bilan tajriba almashishlari, izlanishlarining samarasidir.

Shu asnoda mamlakatimizda Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti bazasida ilikning asos hujayralari bilan davolash Markazi ochildi. Bundan asosiy maqsad onkogematologik kasallik bilan og‘riyotgan bemorlarga yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat.

Yurtimiz mutaxassislari tomonidan bir qator shunday jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Ular dunyoning turli mamlakatlarida bir necha oy davomida ayni soha bo‘yicha ta’lim olishdi.

Shohruh BOTIROV

Yana o‘qing:  OYLIK YAKUNLANDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: