Bolaning asabiy bo‘lishiga nima sabab?

yoxud oila va jamiyatdagi sog‘lom muhit hamda og‘lom tarbiyaning bolaga ta’siri haqida

Bugun ayrim bolalarni asabiy holatda kuzatamiz. Kimdir buni o‘tkinchi desa, yana birov nasldan o‘tgan, deydi. Xullas, hamma o‘z bilganicha fikr bildiradi. Bugungi davra suhbatimiz ham aynan ana shu mavzuda.

Nigora AFZALOVA,

oliy toifali shifokor:

Onaning homiladorlik davrida boshidan kechirgan kasalliklari kamqonlik, organizmdagi turli yallig‘lanish kasalliklari – bo‘qoq, stress (ruhiy zo‘riqish), depressiya (tushkunlik) bolada bir yoshgacha o‘tadi. Shuningdek, oilaviy muammolar natijasida depressiyali muhit, somatik kasalliklar, ya’ni ichki a’zolarning yallig‘lanishi va quloq, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini boshidan kechirayotgan bolalarda, tishi chiqayotgan vaqtida ham asabiylik holati ko‘proq uchraydi. Onaning homiladorlik davrida boshidan kechirgan kasalliklar homila miyasiga salbiy ta’sir etadi. Bu esa go‘dak tug‘ilgandan so‘ng asab tizimiga jiddiy shikast yetkazib, bolaning fe’l-atvorida yomon iz qoldiradi.

Ba’zi bir xonadonlarimizda turli taomlarni bolaga yedirib, uning me’da-ichak tizimi faoliyatini izdan chiqishiga kattalar sabab bo‘ladi. Bunday holatda ham bola ovqatni hazm qila olmay asabiylashadi. Asabiylikka yo‘liqqan bolalarda asosan tinimsiz yig‘lash va ovunish jarayonining qiyin kechish holatlari ro‘y beradi. Bir yoshdan katta bolalarda esa ota-onalarining tinimsiz janjallari va boladan alam olish holatlari hamda qo‘rqinchli filmlarni bola oldida ko‘rish, uning psixologiyasiga salbiy ta’siri natijasida asabiylashish, qo‘rquv aralash vasvasa holatlari uchrab turadi.

Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda asosan ularga tashqi ta’sirlar, ya’ni bolaga atrofdagilarning muomalasi va bolani o‘z tengdoshlari bilan bo‘ladigan aloqalardagi ahvolning yomonligi ham sabab bo‘ladi. Ba’zi ota-onalarning bolani urishi yoxud uni haddan ortiq tergashi ham ruhiy holatga salbiy ta’sir qiladi. Shunday holatlarda bolaga e’tibor qaratish juda muhim sanaladi. Bolaga mensimaslik nazari bilan emas, balki ularga xuddi kattalarga muomala qilgandek munosabatda bo‘lish juda muhim. Agar bolada asabiylik holatini sezgan bo‘lsangiz, albatta, bu holatga befarqlik bilan qaramaslik kerak. Aksincha, bolada asabiylikni keltirib chiqarayotgan narsalarni o‘rganib, uning oldini olish va bolani oila shifokoriga yoki asab kasalliklari shifokoriga ko‘rsatish lozim.

Dilorom BOBOJONOVA,

tarix fanlari doktori, professor:

Eng avvalo, bola sog‘lom bo‘lishi uchun ona homiladorligida va undan keyin ham sog‘lom muhitda yashashi kerak. Ya’ni homiladorligidan farzandini tarbiyalashi, buning uchun hamda qiziqarli kitoblar o‘qishi, yoqimli musiqalar eshitishi ham tug‘ilajak bolani ruhan sog‘lom dunyoga kelishiga sabab bo‘ladi. Agar ona homiladorligida oddiy narsaga ham siqilib yursa, u holda, bola tug‘ilganidan unda asabiylik belgilari namoyon bo‘ladi. Bola besh yoshgacha hamma gapni ilib oladigan bo‘ladi. Shu bois unga hamma gapni gapirmaslik va bolaning tarbiyasiga ehtiyotkorlik bilan yondoshish zarur.

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2014/26)

Ayniqsa, o‘rtoqlari bilan o‘zaro munosabatini tekshirib, oilada bolani nazoratsiz qoldirmaslik lozim. Ota-ona ishda bo‘lsa, bola uyda nazoratsiz qolib ketmasligi juda muhim. Bolaning e’tiborsiz qolishi ham unda asabiylikni keltirib chiqaradi. Sababi unga ko‘rsatilayotgan mehr to‘satdan uzilsa, bola muhitga moslashgunicha o‘zidagi balog‘at paytidagi asabiylikka yo‘liqadi. Agar uning oldi olinmasa, buning oqibati yaxshilikka olib kelmasligi mumkin.

Agar bola asabiylikka yo‘liqqan bo‘lsa, u holda ko‘proq oilada tinch muhitni shakllantirish, bola bilan ko‘proq sayllarga chiqish va dildan suhbatlashish orqali uning asabini tinchlantirish ham mumkin.

Lola PARPIYEVA,

Namangan viloyati Kosonsoy shahar aholini bandlikka ko‘maklashish markazi inspektori:

– Menimcha, bolaga bir yoshgacha erkinlik berish kerak. Agar ota-onadan biri spirtli ichimlik iste’mol qilsa, ulardan tug‘ilgan bolada ko‘pincha asabiylik kuzatilgan. Ota agar spirtli ichimlik ichgan bo‘lsa, bolaga 75 foizgacha o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, ozuqaviy yetishmovchilik ham bolaning hech qanday nuqsonlarsiz rivojlanishiga to‘siq bo‘lib, miya faoliyatining buzilishiga sabab bo‘ladi. Buning natijasida bola asabiylashishi ko‘p kuzatilgan.

Ona sutiga to‘ymagan bola asabiylashishga moyilroq bo‘ladi. Bolaga shokolad va qandni ko‘p miqdorda berish ham asab hujayralarining zo‘riqishiga olib keladi.

Davra suhbatini Boburshoh IKROMOV yozib oldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: