Bolangiz tirnog‘ini ko‘p tishlaydimi?

Yosh bolalar orasida tirnog‘ini tishlab o‘tirish holatlari ko‘p uchraydi. Bu holat odat tusini olmasligi uchun onalardan hushyorlik talab qilinadi. Ko‘pincha tirnoq mo‘rt yoki sinuvchan bo‘lsa, bola tirnog‘ini tishlab olib tashlashni ma’qul ko‘radi.

Shuning uchun vaqtida bolaning tirnoqlarini olib turish zarur. Bu yoqimsiz odatning oldi olinmasa, qator kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Tirnoq ichida yig‘ilgan mikroblar og‘iz bo‘shlig‘iga, keyin me’da-ichak tizimiga tushadi va ichaklarda gijja paydo qiladi. Shuningdek, tirnoq kasalligi, tirnoq eti kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

Bu odatdan qutilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni qo‘llash mumkin: tirnoqqa bemaza, o‘tkir hidli yoki achchiq modda surtib qo‘yiladi. Yosh bolalarga esa maxsus qo‘lqoplar yordam beradi. Bu odatga qattiq o‘rganib qolganlarga qotirilgan non yoki bolalar uchun mo‘ljallangan rezina tishlagichlar yordam beradi.

Nilufar SAPAYEVA

Yana o‘qing:  Mutaxassislar parvoz vaqtida uxlamaslikni masahat beradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: