Ta’tilda bilimlar bahsi

Bir necha yildirki, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan bilimlar bellashuvi ko‘pgina iqtidorlarni kashf etishga xizmat qilayotir. Joriy yilning 15-17 iyun kunlari mazkur bellashuvning respublika bosqichi boshlandi. Dastlab bolalar filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, ingliz, fransuz, nemis tili, o‘zbek tili va rus tili) bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Mazkur bellashuvni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini quyi sinflardan boshlab aniqlash, maktablarda sog‘lom raqobatni tashkil etish, bu orqali o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat.

Bilimlar bellashuvining ochilish tadbirlari bayramona kayfiyatda tashkil etilib, soha mutaxassislari, mahalla faollari, ota-onalar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Ta’kidlash joiz, har yili bellashuvlarda yuqori natija ko‘rsatgan 520 nafar o‘quvchi uchun respublika miqyosida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon qo‘rg‘onida joylashgan “Quyoshli” oromgohida, hududlarda esa eng namunali oromgohlarda 100 nafar (jami 1400 nafar) o‘quvchi uchun hududiy “Intellektual-rivojlantirish oromgohlari” tashkil etib kelinmoqda.

Mazkur oromgohlarda sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish bilan birga, har bir fan bo‘yicha mamlakatimizning yetakchi fan arboblari, madaniyat va san’at xodimlari ishtirokida kechalar, mahorat dars­lari, viktorinalar, turli tanlov va musobaqalar o‘tkazilib, o‘quvchilarning fan va texnika sohasining yetuk olimlari hamda maktablarning esa oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28-30 iyun kunlari aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlar (matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, huquq, iqtisodiy bilim asoslari fanlari) bo‘yicha R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida bilimlar bellashuvi bahslari davom ettiriladi.

Yana o‘qing:  XALQARO TAOMLAR FESTIVALI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: