O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xe 16-18 iyun kunlari ilk davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi.
Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining (ShHT MATT) Ijroiya qo‘mitasi tashkil topganining o‘n yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ShHT Bosh kotibi Dmitriy Mezensev, MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori Chjan Sinfen, MATT Kengashi a’zolari, ShHTga a’zo davlatlar, kuzatuvchi mamlakatlar va tashkilotning muloqot bo‘yicha sheriklari, shuningdek, MATT hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan xalqaro tuzilmalar vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2014 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining shu yil birinchi choragida ijro etilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hokimliklarining axboroti muhokama etildi.
6 iyul kuni O‘zbekistonda 342ta yangi zararlanish holati tasdiqlandi (jami 10362 holat), 106 nafar bemor sog‘aydi, 3 kishi vafot etdi. Shu vaqtgacha 6690 bemorga javob berilgan, 37 kishi vafot etgan, shifoxonalarda 3697 nafar bemor davolanmoqda.…