Soyabon
uz kunlarining biri. To‘satdan kuchli shamol turib chunonam jala quydi-ki… Go‘yo yeru ko‘kda Nuh to‘foni boshlanganday. Hamma jonholatda o‘zini panaga urgan. Men ham bekatda panalab, ko‘nglimni allanechuk hadik-xavotir chulg‘adi: to‘fon bossa-ya?!
Bir payt qo‘l telefonim chaqirib qoldi. Qizcham bog‘chadan kelib uydan menga qo‘ng‘iroq qilayotgan ekan. Xavotirli ovozi dilimdagi xiralikni birdan tarqatib yubordi: – Dadajon, ko‘chadamisiz? Zontigingiz bormi?
Ko‘nglim yorishib, xavotirim o‘rnini yorug‘ umid egalladi: shu mehr bor ekan, aslo to‘fon bo‘lmaydi, hayot tugamaydi.
“Zontigingiz bormi?”. Mehr to‘la samimiy so‘zlar menga eng zo‘r soyabon bo‘ldi, go‘yo. Bu soyabon ne-ne yog‘inlarda menga panoh bo‘lg‘usi.
Dilshod RAJAB