Oqchorloq chorlovlari
Insoniyatga ong ato etilishi, uning bu yorug‘ olamda ko‘plab sirli hodisotlarning tagiga yetishi uchun dastak bo‘lib xizmat qildi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, bizni o‘rab turgan tabiatning boshqa bir yaratiqlari ham o‘z taqdirlari bilan dunyoga kelganlar. Faqat buni idrok qila olish qobiliyati ularda mavjud emas. Masalan, hayvonot olami, qushlar, hasharotlar…
Inson buni to‘g‘ri anglab yeta oladi, nazarimda. Ajdodi mashhur musiqachi Iogann Sebastiyan Baxga borib taqaluvchi XXI asrning mashhur amerikalik yozuvchisi Richard Bax qalamiga mansub “Oqchorloq va Jonatan Lingviston” asarini olaylik. Unda butun hayotlarini sho‘r dengiz ustida baliq tutib kun kechiruvchi oqchorloqlarning hayoti tasvirlanadi.
Asardagi har bir qushning taqdirida inson hayoti aks etishiga qaramasdan har qanday kitobxon unda qushlarning ham taqdiri borligini anglay oladi. Turmushi bir zaylda, o‘zgarishsiz kechayotgan bu baliqchi qushlar orasidan bir oqcharloq to‘dadoshlariga o‘xshamagan tarzda hayot kechira boshladi. Jonatan o‘z umrini mana shu sho‘r dengizda baliq tutib yeyish uchun berilgan deb o‘ylamadi. U hayot tarzini butunlay o‘zgartira olishi mumkinligini, buning uchun esa tinimsiz mehnat qilmog‘i, o‘ziga ato etilgan kuchni yuzaga chiqarmog‘i kerak edi. U shu tariqa qarindoshlaridan, dengiz baliqchalaridan o‘zini holi tuta boshladi va oqcharloqlar ucha olmaydigan marralarni bosib o‘tishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Jonatan atrofiga teran nazar solarkan, bu hayotda har bir jonzotning imkoniyat darajasi cheksiz ekanligini, uni kuchli xohish va tinimsiz mehnat bilan yuzaga chiqarish mumkinligini o‘z amaliyoti orqali isbotlab berishga urinadi. Asar so‘ngida esa o‘z qarashlarining qanchalik to‘g‘ri ekaniga safdoshlarini ham ishontira oladi.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, inson va jonli mavjudotlarning kelgusidagi faoliyati o‘z mehnatiga va kuchiga bog‘liq. Ammo bu taqdirni butunlay o‘zgartira olish mumkin degani emas. Bunda shakl, zamon va makon o‘zgaradi, xolos. Mohiyat esa bitikdagidek qolaveradi.
Olim Gulfiza MURODULLO qizi,
Termiz davlat universiteti talabasi