Yelkani uchqur shamol,
Suzib yurar bulutlar.
Ko‘k bag‘rini gullardek
Bezab turar bulutlar.
O‘zi qora bo‘lsa ham,
Niyati oqdir uning,
Hayot bag‘ishlar yerga,
O‘zi ham pokdir uning.
Nozima Erkinboyeva,
Angren shahar 7-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi