Stulmi yo ilgich?

Uy jihozlari hayotimizda muhim o‘rin tutadi. Uni yaxshi saqlash bizdan ozgina mashaqqat talab qiladi.

Xorijlik tinib-tinchimas dizaynerlar yana bir ixtiroga qo‘l urishdi. Bu ixtiro kiyim ilgich va qulaygina yig‘ma stul vazifasini o‘taydi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, yig‘ma stul ortiqcha joy egallamaydi. Uni yerto‘laga, shkafga yoki bo‘lmasa xona devoriga joylashtirishingiz mumkin. Bu model “Eyndxoven” dizaynerlari tomonidan kashf etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda Kanadaning mashhur brend “Umbra” savdo belgisi mazkur yangilikni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Stulning maxsus ilgagi bo‘lib, u nafaqat devorga ilib qo‘yish uchun, shuningdek, undan kiyimlarni asrashga mo‘ljallangan ilgich sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Yig‘ma stul mustahkam fanerdan tayyorlangan bo‘lib, kishi e’tiborini tortadigan ranglar bilan bezatilgan.

Gyli NOZ

Yana o‘qing:  Ulug‘ ajdodlarga ehtirom

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: