BOLALAR KULGUSI

– Ulg‘aysam, albatta, quruvchi bo‘laman. Xona burchaklarini dumaloq qilib quraman, – dedi bobosiga nabira.

– Nega?

– Burchakda turmaslik uchun.

* * *

– Yana maktabga bormabsan-ku, Qodirjon?

– E, dangasalik bilan rosa kurashdim. Shunaqa kurashdimki, uni yengib qarasam, maktabga borishga kuchim qolmapti…

***

O‘qituvchi:

– Qani ayt-chi, Tohirjon, “Qarg‘a bilan tulki” masalasida ijobiy qahramon kim?

O‘quvchi:

– Pishloq.

***

– O‘g‘lim, “echki” so‘zini harflab ayt-chi.

– E-ch-k…

– Oxirida nima bor?

– Dumi bor.

***

– Opajon, men sizga mana bu ko‘ylakni sotib olishni tavsiya qilgan bo‘lardim.

– Yo‘g‘-e, u menga katta-ku!

– Shuning uchun aytyapman-da! Har kiyganingizda ozibman, deb xursand bo‘lib yurasiz.

***

Dada tosh asri nima?

– U vaqtda hamma narsani toshdan yasashgan.

– Ie, televizorni hammi?!

***

O‘qituvchi o‘quvchilardan so‘radi:

– Janubga uchib ketadigan qush qanday ataladi?

– Sayohatchi.

***

– Nega yig‘lab o‘tiribsan Odina? – dedi oyisi.

– Geografiya o‘qituvchimiz “ikki” qo‘ydi. Alyaska qayerdaligini topib berolmadim.

– Sen parishonxotirni qara-yu, o‘zing qayerga qo‘yuvding?

***

Botir pashsha tutib onasiga dedi:

– Oyi, shundan fil yasab bering?

– Bu mumkin emas, bolajon.

– Nega? Dadam sizni doim pashshadan fil yasaydi deydi-ku!

***

– Dada, siz ko‘zingizni yumib imzo qo‘ya olasizmi?

– Ha, qo‘ya olaman.

– Unda kundaligimga ko‘zingizni yumib, imzo qo‘ying-chi.

***

Dasturxon atrofida bola onasidan so‘radi:

– Oyijon, nega dadamning boshlari kal?

– Chunki dadang aqlli!

– Unda nega sizning sochingiz ko‘p?

– Ko‘p gapirmay, ovqatingni ye!

***

– Olimjon, seni uzoqdagi qishloqqa amaliyotga jo‘natamiz.

– Borolmayman-da.

– Ie, nega?

– O‘zingiz aytgan edingiz-ku, sen bu biliming bilan uzoqqa borolmaysan deb.

***

– Bolakay, chaqaloq ukang bunchalik qattiq baqiradi?

– Sizning ham sochingiz va tishingiz bo‘lmasa, oyoq-qo‘llaringiz o‘zingizga bo‘ysunmasa, ukamdan ham qattiqroq baqirardingiz.

Yana o‘qing:  KUMUSHBIBINING SOVG‘ASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: