“Issiq yedim…”
Bekatda ona-bola avtobus kutib turishardi. Onasi jajji qizalog‘ining bo‘yinbog‘ini hadeb to‘g‘rilab o‘rab qo‘yardi.
– Qizim, sovuq yemayapsanmi? – dedi ayol kuyunchaklik bilan.
– Oyijon bo‘yinbog‘imni olib qo‘ying. Issiq yedim, – dedi u.
Nilufar SAPAYEVA tayyorladi.