Topqir bolakay
Buvim oshxonada ish qilayotganlarida to‘g‘rayotgan sabzavotlari, idish-tovoqlar “ha” deb tushib ketaversa, “Kimdir shoshib kelayotganga o‘xshaydi”, derdi.
Bir kuni 4 yashar Javohir o‘yinqaroqlik qilib qo‘lidagi piyolani tushirib, sindirib qo‘ydi. Buvisining vajohatli qarashidan cho‘chigan Javohir “Uyimimzga kimdir shoshib kelayotganga o‘xshaydi”, dedi. U bu gapni o‘rnida topib gapirganini doim kulishib eslab yuramiz.