Ona tilim – jonu dilim

Inson o‘z fikrini til orqali boshqalarga yetkazadi, ifoda etadi, tushuntiradi. Til orqali ilm oladi. Dunyoda qancha til bor, – deya dadajonimdan so‘raganimda quyidagilarni so‘zlab berdi:

– Yaqin-yaqinlargacha tilshunos olimlar dunyoda ikki yarim mingta til mavjud, degan fikrda edilar. Hozirda aniqlanishicha, tillarning soni yetti mingga yaqin ekan. Yanayam aniqroq aytadigan bo‘lsak, jahon tillarini o‘rganuvchi “Global lingvich monitor” xalqaro tashkilotining tadqiqotlari dunyoda 6920ga yaqin jonli til mavjud ekanini isbotladi. Qiziq, ushbu tillar vakillari o‘zaro qanday so‘zlashishadi? Demak, har bir tilning boshqa tilga tarjimasi ham bor, – deydi dadajonim savolimga javoban.

Barchamizga ma’lumki, har qanday davlatning milliy ramzlari – davlat bayrog‘i, davlat gerbi, davlat madhiyasi va shu bilan birga, o‘z ona tili ham bo‘lishi lozim. Jahondagi ikki yuzga yaqin til rasmiy til hisoblanib, ularning orasida o‘zbek tilining ham borligi biz uchun katta iftixordir.

Bugungi kunda dunyodagi ko‘plab mamlakatlarda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik idoralari ochilgan. Bu degani shuncha mamlakat xalqlari bizning mustaqil davlat ekanimizni, o‘zbek tilimizni tan olganligini anglatadi.

O‘zbekiston milliy esiklopediyasi nashriyoti tomonidan o‘zbek tilining besh tomli izohli lug‘ati nashrdan chiqdi. Unda 80 mingga yaqin so‘z kiritilganini eshitgan edim.

Bizning o‘z ona tilimiz bor ekan, o‘zbek xalqi, o‘zbek adabiyoti, o‘zbek madaniyati va urf-odatlari haqida dunyo biladi.

O‘zbek tili buyuk va qadimiydir. Qalami bilan dunyoni zabt eta olgan hazrat Navoiy, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriylarni dunyoga keltirgan bu xalqning tarixi, tili buyuk, o‘zi esa qadrlidir. Shuningdek, Cho‘lpon, Fitrat, Munavvar Qori, Abdulla Qahhor, Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Zulfiyaxonim kabi vatandoshlarimiz o‘z asarlari orqali ona tilimizni ko‘klarga ko‘targan.

Bugun maktab, kasb-hunar kollej va litseylari hamda oliy o‘quv yurti talabalari uchun yangi avlod darsliklari yaratilib, ularda tilimizni yangicha asosda o‘rganishga e’tibor qaratilayotganini ustozimiz bizga gapirib berdi. Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan maktabimiz iqtisodiyot va matematika faniga ixtisoslashtirilgan. Ustozimiz Dilfuza Ro‘ziyeva ona tili bo‘yicha qiziqarli bellashuvlar, fikrni charxlaydigan turli o‘yin mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. Bu bizning ona tilimizga bo‘lgan mehrimizni yanada oshirmoqda.

Yana o‘qing:  Vatan ostonadan boshlanadi

Kuni kecha maktabimizda til bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilar, ota-onalar hamda mehmonlar ishtirok etdi. Maktab direktori Malika Maqsudbekova tadbirni ocharkan, barchani til bayrami bilan tabrikladi. Murabbiylarimizdan Feruza Umarova, Jamila Abdurahmonova, Malika Jo‘rayevalar so‘zga chiqishib, ona tilimizning muqaddasligi, uning rang-barangligi va ahamiyati haqida so‘zlashdi. Shundan so‘ng 6-sinf o‘quvchilari Muslima G‘aniyeva, Nilufar Berdiqilicheva, Madina Bakirova, Nazokat Abdufattohovalar buyuk yozuvchi va shoirlarimizning asarlaridan parchalar o‘qib berdilar. Yuqori sinf o‘quvchilari esa Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asaridan kichik bir sahna ko‘rinishi namoyish etishdi.

Til bayrami barchamizda katta taassurot qoldirdi.

 

Odinabonu Mahmudova

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: