Cho‘ntakdagi chiroq
Ba’zi narsalarni izlash, hatto, kichik sumkachadan ham izlab topish ancha vaqtni oladi. Bunday paytda ishingiz oson kechishi uchun dizaynerlar ixcham lampa chiroqni yaratishdi.
urmushimizda yordamchi chiroq vazifasini o‘tovchi mazkur ixtiro egiluvchan ko‘rinishga ega bo‘lib, uni istalgan hajmdagi sumkalarga joylashtirish mumkin. Bu yangilikning muallifi “Banana Things” studiyasining dizaynerlari hisoblanadi. Mualliflarning e’tirof etishicha, bu modelni sumkaning tagiga yoki bo‘lmasa alohida cho‘ntagiga joylashtirish, sayohatlarga olib yurish, tungi chiroq o‘rnida ishlatish, kitob mutolaasi chog‘ida yoritish, yoki bo‘lmasa oddiygina ish stolida aksessuar sifatida foydalanish mumkin. Bu kichik agregat 24 xil har tomonlama chiroq diodiga ega bo‘lib, uzluksiz 2,5 soat ishlash quvvatiga ega akummulyator bilan ta’minlangan. Zarur bo‘lganda chiroqni noutbuk orqali elektr quvvati bilan to‘ldirish mumkin. Bu USB-port yordamida bajariladi. Qizig‘i shundaki, bu model bir necha dasturga ega. Uning yordamida turli sahna ko‘rinishlarini uyushtirish mumkin bo‘ladi.
Ixtirochilar mazkur qo‘llanmaning muvaffaqiyatiga qarab 2014 yilning oktyabr oylarida sotuvga chiqarishni rejalashtirishmoqda.
GuliNOZ