Huquq bilimdonlari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2014-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 7-bandida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida “Huquq bilimdonlari” Respublika tanlovini tashkil etish belgilangan edi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Adliya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya, “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

“Huquq bilimdonlari” respublika tanlovi uch bosqichda, 1-bosqich – tuman (shahar) bosqichi, 2-bosqich – hududiy bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari mas’ulligida o‘tkazildi. Hududiy bosqich yakunlari bo‘yicha jami 70 nafar o‘quvchidan iborat 14 jamoa tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Final bosqichi esa poytaxtimizdagi Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisos­lashtirilgan musiqa akademik litseyida o‘tkazildi.

Natijalarga ko‘ra birinchi o‘rinni Xorazm viloyatidan kelgan “Yustitsiya” jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin Andijonning “Istiqlol” jamoasiga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni esa namanganlik o‘quvchilardan tarkib topgan “Yosh senator” jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining diplomlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati

Яна ўқинг:  БОҒДОРЧИЛИК ВА УЗУМЧИЛИК – ИҚТИСОДИЁТИМИЗ МЕЗОНИ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: