Ekologik aksiya

Poytaxtimizdagi “Sehriyo” ta’lim muassasasida ekologiya mavzusiga bag‘ishlangan “Ekologiya, salomatlik va biz” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “EKOSAN” xalqaro xayriya jamoat fondi hamda “Gulxan” Respublika adabiy-badiy bezakli bolalar jurnali hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda o‘quvchilarning “EKOSAN” jamoat fondining “Ekologiya burchagi” uchun taqdim etgan adabiyotlar va plakatlar ko‘rgazmasi, Orol muammosiga doir hujjatli film namoyish etildi.

O‘zbekistonda shu kunlarda o‘tayotgan Ekohaftalik butun dunyoda o‘tkazilayotgan keng qamrovli ekologik aksiyaning bir qismi bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad aholini atrof-muhitni himoya qilish tadbirlariga faolroq jalb qilish va ularni mazkur sohadagi bilimlarini oshirishdan iboratdir.

B.ABDURAIMOV

Яна ўқинг:  Eng totli tuhfa

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: