Cog‘lom, ahil oila – ozod va obod yurt poydevori

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturida mustaqil hayot qurish ostonasidagi yoshlarning nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikdan to‘liq o‘tishini ta’minlash, bu boradagi tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, to‘y-marosimlarda isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, oilada o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat muhitini, yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim vazifa sifatida belgilangan.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali oila” respublika ko‘rik-tanlovida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan oilalar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqib, Prezidentimiz rahnamoligida oilaning huquqiy manfaatlarini ta’minlash, ularni ijtimoiy himoyalash, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalasiga doimiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, Nukus shahridagi 7-“Shoirlar ovuli” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Burkit Piyazov oilasi, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “Hofqoriyon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Maqsud Norov oilasi, Far­g‘ona viloyati Beshariq tumanidagi ­“Toshariq” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Murodjon Yusupov oilasi g‘olib deb topildi. Shuningdek, o‘ndan ortiq yo‘nalish bo‘yicha sovrindorlar aniqlanib, ularga diplom hamda esdalik sov­g‘alari topshirildi.

M.XO‘JAMURODOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Eng totli tuhfa

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: