Osmonda tug‘ilgan egizaklar

Rossiyaning “Polyarni’e avialinii” aviakompaniyasining Zi’ryanka-Yakutsk yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilgan yo‘lovchi Irina Vasilkova parvoz vaqtida egizaklarni dunyoga keltirdi.

Yo‘lning yarmini bosib o‘tgan ayolda tug‘ruq boshlandi. Baxtli tasodif tufayli ushbu reysda akusher ginekolog shifokor Yelena Slepsova ham bo‘lgan. Tug‘ruq shifokor va bort kuzatuvchi ayol yordamida amalga oshirilgan. Samolyot qo‘ngach, ayol hamda egizaklarni Yakutsk tug‘ruqxonasiga yuborishdi.

ITAR-TASS axborot agentligining xabar qilishicha, “Polyarni’e avialinii” aviakompaniyasi egizaklarga o‘z sovg‘alarini taqdim etishgan. Aviakompaniya bu egizaklarga Yakutsk-Zi’ryanka-Yakutsk yo‘nalishi bo‘ylab 18 yoshgacha bepul parvoz qilish huquqini berdi.

Yana o‘qing:  ENDI QORONG‘ULIK MUAMMO EMAS

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: