Sud-huquq islohotlari: jabrlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘lida

Mustaqillik yillarida hokimiyatning uchinchi tarmog‘i sud-huquq tizimini isloh qilishga va yanada liberallashtirishga alohida ahamiyat berildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda sud-huquq tizimi qurilishining mutlaq yangi konsepsiyasi vujudga keldi.

Yurtboshimiz rahbarligida mamlakatimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari barcha sohalardagi islohotlarning huquqiy asosi, muhim omili hisoblanadi. Chunki barcha sohalardagi islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad insonning huquq va manfaatlarini kafolatlash hamda insonga yaxshi turmush sharoiti yaratishdan iborat.

Ma’lumki, mamlakatimiz sud-huquq qonunchiligida jinoiy jazolar liberallashtirildi va yengillashtirildi. Jinoiy huquqiy sohadagi siyosatni takomillashtirish insonparvarlik urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimizning yorqin namunasi bo‘ldi, desak arziydi.

Prezidentimiz rahbarligida mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab olib borilgan sud-huquq islohotlarining natijasi o‘laroq, 2001 yilda jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat, Jinoyat protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan jinoyatlarning tasnifi o‘zgartirildi. Buning natijasida og‘ir va o‘ta og‘ir toifadagi jinoyatlarning qariyb 75 foizi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga o‘tkazildi. Jinoiy jazo tizimidan insonparvarlik tamoyillariga mutloqo zid bo‘lgan mol-mulkni musodara qilish tarzidagi jazo turi chiqarib tashlandi. Jinoyat kodeksining 11 ta moddasiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanmasligi haqidagi qoidalar kiritildi.

Jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi bunday choralar natijasida mamlakatimizda bugungi kunda qamoqdagilar soni 2010 yil ma’lumotiga ko‘ra jahon miqyosida eng past ko‘rsatkichni, ya’ni har 100 ming nafar aholiga 166 kishini tashkil etadi.

Rossiyada bu ko‘rsatkich 611 kishini, AQSHda 738 kishini tashkil etadi. Bu sohada olib borilayotgan ishlarning ijobiy natijasini yana shunda ko‘rish mumkinki, mamlakatimizda so‘nggi o‘n yilda ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlar soni ikki barobardan ko‘proqqa kamaygan.

2008 yil 1 yanvardan boshlab mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilindi, qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazildi. Bu mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘ e’tiborini yuksaltiribgina qolmasdan, balki Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi talablarini ham amalda tatbiq etishga imkon yaratdi. Dunyodagi eng demokratik davlatlarda ham favqulodda jazo turi hisoblangan o‘lim jazosi yuz yillar davomida katta kurashlar bilan bekor qilinganligini yoki juda ko‘p davlatlarda hozir ham o‘lim jazosi asosiy jazo turi sifatida saqlanib kelayotganligini yaxshi bilamiz.

Yana o‘qing:  Yosh oilalar uchun turar joy olishga imtiyozlar

O‘zbekistonda umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo‘lib, faqat 2 turdagi jinoyat – qasddan odam o‘ldirish va terrorizm uchun tayinlanadi. Ushbu jazo turi bizning mamlakatimizda xotin-qizlarga, 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga va 60dan oshgan erkaklarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Xorij bilan qiyoslasak, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi Germaniya va Polshada 5 ta, Belgiya va Rossiyada 6 ta, Daniyada 9 ta, Fransiyada 18 ta, Gollandiyada 19 ta jinoyat turi bo‘yicha tayinlanadi.

Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudga o‘tkazilishi, demokratiyaning eng katta yutuqlaridan biri bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Prezidentimizning 2005 yil 8 avgustdagi “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmonlari sud-huquq tizimini liberallashtirish yo‘lidagi yana bir dadil qadam, yana bir pillapoya desa bo‘ladi.

“Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 2008 yil 1 yanvardan kuchga kirdi.

Qonunda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini sud tomonidan qo‘llashning protsessual tartibi belgilanib, bu ehtiyot chorasi qaysi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘llanilishi aniqlashtirib qo‘yildi.

Sud amaliyotiga 2001 yildan boshlab yarashuv instituti kiritildi va u samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yarashuv institutining talabiga ko‘ra ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoiy qilmish sodir etgan shaxs jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to‘liq qoplab bergan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Mazkur institut o‘zbek xalqining rahmdillik, kechirimlilik kabi milliy qadriyatlarimizga to‘la mos keladi. Ushbu huquqiy normaning joriy etilishi natijasida dastlabki ikki yilda 100 ming nafarga yaqin fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

Qaysi bir mamlakatda qonunlarga qanchalik og‘ishmay amal qilinsa, qonun ustuvorligi ta’minlansa, demak shu mamlakatda huquqiy davlatning poydevoriga asos solinadi, shu davlatda erkinlik va farovonlik bo‘ladi.

D. DAVLATOV,

huquqshunos

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: