Bo‘g‘im og‘rig‘idan xalos bo‘lishni istaysizmi?

Bu xastalik organizmdagi turli yallig‘lanishlar asorati (bodomcha bezlarining surunkali kasalligi) va bo‘g‘imlarda tuzlarning to‘planishi sababli kelib chiqadi. Chunki inson o‘z hayoti mobaynida iste’mol qilgan barcha oziq-ovqatlar tarkibidagi tuzlar asta-sekin organizmda to‘planib boradi. Yosh o‘tgan sari bu tuzlarning yig‘ilishi kuchayadi. Oqibatda suyaklarning ustki qismlari, ko‘proq bo‘g‘imlarda to‘plangan tuz ta’sirida harakat qilish, bo‘g‘imlarni bukish va turli harakatlarni bajarish qiyinlasha boshlaydi. Buning ustiga organizmning immuniteti pasayishi natijasida bo‘g‘imlardagi og‘riqlar yanada kuchayadi. Boshqa kasalliklar tufayli ham bo‘g‘imlar og‘rishi kuzatilishi mumkin.

Jumladan, jarohatlanish, sinish yoki yoshlikdan suyak va bo‘g‘imlardagi sinish asoratlari tufayli og‘riqlar bo‘lishi ham mumkin. Xastalikdan ko‘proq yurak shikast topadi. Shuning uchun qadimda bod kasalligi haqida “bo‘g‘imlarni yalab, yurakni tishlaydigan kasallik” deya bejizga aytilmagan.

Kasallik yoshu qarini ajratmaydi. Ayrim kishilar bu kasallikka o‘ta befarq qarab, loqayd yuraveradi. Dard zo‘rayib boravergach, shifokorga murojaat qiladilar. Shuni aytish lozimki, kasallikka chalinganlarning aksariyatida yurak urishi tomir orqali eshitilganda, tovush bo‘g‘iq yoki urishi pastligi aniqlangan. Chunki kasallik avval tirsak bo‘g‘imlarini, keyin kaft usti bo‘g‘imlarini, oyoq bo‘g‘imlarini shikastlab, so‘ngra yurakka yetib boradi.

Kasallikni davolash usullari: Davolanishdan oldin kasallikning kelib chiqish sabablarini aniqlash lozim. Shamollash natijasida bo‘g‘imlar og‘risa, unda tabiatning shifobaxsh ne’matlaridan foydalanilsa, albatta, davo bo‘ladi. Bo‘g‘imlar og‘rimasligining oldini olish uchun har doim harakatlantirib turish va tabiatdagi – yer, quyosh, issiq va sovuq havoga badanni chiniqtirish lozim.

Xom tuxum: Xalq tabobatida bo‘g‘imlar og‘riganda xom tuxumni 200 g. olma sirkasi solinadi, toki tuxum sirkada cho‘kib tursin. Aralashma iliq joyga qo‘yiladi. 3-4 kundan so‘ng yumshagan tuxum 150 g. miqdoridagi sariyoqqa aralashtiriladi va 2 kun saqlanadi. Ushbu aralashmani bo‘g‘imlar og‘rigan joyga 3 kun davomida yotishdan oldin, 3 kun, kun ora yotish oldidan surkalsa yaxshi natija beradi.

Karam: Abu Ali ibn Sino sariq bedaning kukuniga kunjut yog‘ini aralashtirib, unga teng miqdorda karam bargi yoki o‘zagini maydalab ezib, bo‘tqa bo‘lguncha aralashtirilib, ana shu bo‘tqani bo‘g‘imlar og‘rigan joyga malham sifatida surtishni buyurgan.

Xantal (gorchitsa): Xalq tabobatida xantal urug‘idan tayyorlangan dorivor vositalar (xantal qog‘ozi- gorchichnik), urug‘ kukuni yoki kunjarasi, xantal efir moyining 2 foizli spirtli eritmasi bo‘g‘im xastaliklarini davolashda keng ishlatiladi. Abu Ali ibn Sino xantal urug‘i bilan bo‘g‘im kasalliklarini samarali davolagan. U yanchilgan xantal urug‘ini asalga aralashtirib, og‘rigan joyga malham sifatida surishni buyurgan.

Yana o‘qing:  Istisqo qanday kasallik?

Qovoq: Abu Ali ibn Sino oshqovoqning etini qo‘raga ko‘mib pishirgan va undan bo‘g‘im og‘rig‘ini to‘xtatish uchun foydalangan.

Kavrak: Bo‘g‘imlar og‘riganda kavrak o‘simligining ildizidan yelim (smola) olib og‘rigan joyga surtilgan. Buning uchun poya chiqarmagan o‘simlikning ildiz atrofi chuqur qilib kovlanadi va ildizning yuqori tomonidan ozgina joyi kesib qo‘yiladi. Bu yerdan yelim oqib turadi va qotadi. Qotgan yelim ertasiga yig‘ib olinadi. Ildizda yelim tamom bo‘lguncha, bu hol takrorlanadi.

Mumiyo: Mumiyo bod asoratlarini, bo‘g‘imlar og‘rig‘ini yo‘q qiladi va umuman, mushaklar, bo‘g‘imlar va suyaklar kasallanib qolganda yaxshi kor qiladi. Revmatizm kasalligida, bo‘g‘imlar og‘riganda, chiqqan suyak o‘rniga solingandan keyin, paylar cho‘zilganda hakimlar 0,5 g.dan 0,7 g.gacha mumiyoni gul moyi bilan yoki boshqa bir moy bilan aralashtirib ishlatishni tavsiya etishgan.

Bo‘g‘imlar og‘riganda S (vitamin) darmondorisiga boy bo‘lgan o‘simliklardan foydalanish zarur. Bunday o‘simliklar tarkibiga kartoshka, karam, bulg‘or qalampiri, qulupnay, apelsin, limon va osh ko‘klari kiradi. Qayin daraxti kurtaklaridan tayyorlangan damlamani bo‘g‘imlar og‘riganda, bod kasalliklarida tananing og‘rigan qismiga surtish ham yaxshi shifo beradi.

Agar bo‘g‘imlar lo‘qillab, og‘riq to‘xtamasa, unda turp urug‘ini hovonchada maydalab, kukun holiga keltiriladi va qaynatilgan suvda xamir qoriladi. Shu xamir iliq holicha og‘rigan bo‘g‘imlarga og‘riq qolguncha bir necha kun bog‘lab qo‘yilsa, yaxshi shifo qiladi.

Barno Ahmedova

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: