Xalqaro tennis turniri andijonda

Andijon shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi “Fyuchers” hamda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimiga kiruvchi xotin-qizlar xalqaro turnirlari boshlandi.

Unda Germaniya, Fransiya, Gollandiya, Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina, Belarus singari o‘nga yaqin mamlakatdan tennischilar ishtirok etmoqda.

Mazkur turnirning birinchi davra o‘yinlarida Nilufar Ismoilova, Mubina Vahobova, Sergey Shipilov, Odil Akromov, Yekaterina Ilina, Abror Isoqov singari tennischilarimizning o‘yinlari ko‘pchilikda katta taassurot qoldirdi.

Xalqaro turnirning yakkalik va juftliklar o‘rtasidagi chorak final bahslari 30 apreldan boshlanadi. Musobaqalar bir hafta davom etadi.

Yana o‘qing:  Shijoatli qizlar bahsi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: