Yoshlikning jo‘shqin lahzalari

Samarqandda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hududiy kengashlari va boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, yoshlarning ilmiy va ijodiy intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Birlashib – biz katta kuchmiz!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Samarqand shahridagi Hazrati Xizr masjidi – “Afrosiyob” muzeyi – Ulug‘bek rasadxonasi yo‘nalishi bo‘yicha yugurish marafoni bilan boshlandi. Unda uch ming nafardan ziyod talaba-yoshlar, xotin-qizlar, tashkilot va korxonalarning yosh xodimlari qatnashdi.

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetida o‘tkazilgan “Yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiyada mamlakatimizda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar, yoshlarning maqsad-o‘ylari, ularni tashvishga solayotgan muammolar xususida bahs-munozara yuritildi. Shuningdek, shahardagi “Mo‘jiza” amfiteatrida tashkil etilgan tantanali marosimda kun davomida o‘tkazilgan tanlov va musobaqalar g‘oliblari, faol ishtirokchilar, ish faoliyati namunali deb topilgan “Kamolot” boshlang‘ich tashkilotlari munosib rag‘batlantirildi.

F.NURMUHAMMEDOV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Hududlar obodligi va tozaligi – aholi salomatligining muhim omili

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: