Ayollar, ko‘p choy ichmang!

Choyni foydali ichimlik deb hisoblash qabul qilingan. Biroq bu borada Alberta universiteti olimlari olib borgan so‘nggi tadqiqotlar choyning ko‘pgina turlarida qo‘rg‘oshinning xavfli miqdori borligini ko‘rsatdi. Bu homilador va emizuvchi ayollarga zarar yetkazishi mumkin, deb yozadi “The National Post”.

Olimlar 30 ta ommabop choy turlarini tadqiq qilib chiqdi. Damlanib turgan namunalarning 3 daqiqa davomidagisining 73 foizda va 15 daqiqaligida 83 foizda ushbu metall miqdori 5 mikrogrammdan oshgani aniqlandi. Bu me’yor doirasida bo‘lsa ham, agar ayol kuniga 3-4 piyola choy ichsa, tahdid oshishi shubhasiz ekanligi qayd etiladi.

Ushbu og‘ir metallning hatto eng kam miqdori ham rivojlanayotgan bolaning asab tizimi uchun xavfli hisoblanadi. Ma’lumki, organizmda qo‘rg‘oshin moddasining to‘planishi koma va hatto, o‘limga ham olib keladi. Bo‘lg‘usi onalarning qonida ko‘p miqdorda yig‘ilganida esa gipertoniyaga, yangi tug‘ilgan chaqaloq vazni kamligiga, nevrologik muammolar va homiladorlikning to‘satdan uzilishiga olib kelishi mumkin.

Yana o‘qing:  Bolalarni qandli diabetdan himoya qilish uchun nima qilish kerak?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: